1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-savol bayoni: Undov so‘zlarning morfologik tuzilishi



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə83/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92
она тилидан қулланма

3-savol bayoni: Undov so‘zlarning morfologik tuzilishi.
Undov so‘zlar morfologik tarkibiga ko‘ra uch xil – sodda, takroriy, juft bo‘ladi.
Sodda undovlar morfologik jihatdan ma'noli qismlarga bo‘linmaydi: E, xmm. tsss, exa, uxu, oh, uf, obbo, xov, ey kabilar. E, bu erning kaeri kam Krimdan! Nima dedinglar. (A.Muqimov).
Takroriy undovlar tarkibida hech qanday tovush o‘zgarishi yuz bermaydi. Ular emotsiyani, ekspressivlikni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Oh-oh, mening malikalarim. Takroriy undovlarning qismlari ikkitadan ortiq bo‘lishi ham mumkin: E-e-e, -koshini chimrib tana'omo‘z tikildi. Manzura.(O).
Juft undovlarga : Oh-xo, ux-xu, ex-xa, voy-bu, voy-vuy, voy-dod, ex-voh, kabilar kiradi.E-xa! Mirtojiboyning kiziman deng, uxshamaysiz! Yo.Shukurov.
Undov so‘zlarning sintaktik xususiyatlariga ularning gapning boshqa bo‘laklari bilan biror grammatik aloqaga kirishmasligini, faqat mazmunan gapga umumiy aloqali bo‘lib, ular ba'zan asosiy gapning ekvivalenti, ba'zan esa shu gapning yakuni sifatida qo‘llanadi. Undov so‘z asosiy gap ichida kelganida shu gapdan ifodalangan umumiy ma'noga so‘zlovchining munosabatini bildiradi, unga emotsional buyok beradi.
Gapda undovlar undalma, prepozitiv yuklama vazifasida ham keladi.Gapdan tashqarida undovlar o‘ziga xos ohangdagi so‘z-gap tarzida shakllanadi. Undov sof xolda biror savolga javob bera olmaydi va gap bo‘lagi vazifasini bajara olmaydi ham. Undov so‘zlar gapda ifodalangan umumiy mazmunga nisbatan so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy emotsiyasini bildirishi bilan modal so‘zlar va yuklamalarga uxshaydi.
Nazorat topshiriqlari:
1.Undovlarning ma'no va grammatik xususiyatlarini aniqlang.
2. Gaplardagi undov so‘zlarni topib, grammatik vazifasini aniqlang.
1.Eh, hayot naqadar go‘zal!
2.Salom, ey yangi kuch, yangilik suvini hayotga shimdirgan azamat ulkam.
3.Voy-voy! Bu sen-ku, Ujar! Xuddi o‘zing-a! -dedi Ofat.
4.-Obbo, O‘jar-e! Shunaqa bo‘lib ketdim degin,-dedi Ofat do‘stining qo‘lini siqib.
Matndagi undovlarni toping va ma'nosini aniqlang.
5..Aravakashlar "xay-xay","chux-chux" deya shovkin bilan kuchani boshiga kutarar edilar.
6.Ikkalamiz ham baralla,chin kunglimizdan kax-kax urib kuldik.(O)
7.-Ux,bay-bay,o‘zing bilasan,bolam.(O)
8.Oh-vohlarimizni tinglash kimga zarur.
9.Tongda ari gulga so‘zlar guv-guv-guv,Guljonim asalni ber,sogindim-ku.
10.Eshikdan boyning kichik xotini Zebixon lop etib kirib keldi.

Adabiyotlar:
1. Hozirgi zamon o‘zbek tili . Toshkent, 1957,510-518-betlar.
2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 440-441-betlar.
3. O‘zbek tili grammatikasi. Toshkent, 1975,591-601-betlar.
4. U. Tursunov va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 1965,116-119-betlar.
5. Reshetov V.V. Osnovo‘ fonetiki i grammatiki o‘zbekskogo yazo‘ka. Tashkent.1965.
5.Boduen de Kurtene I. A. Izbranno‘e trudo‘ po obshemu yazo‘koznaniyu.-M. 1963 g.
6. Ferdinand de Sossyur. Kurs obshey lingvistiki.-Moskva. 1916 g.
7.Baskakov N .A. Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazo‘kov. 1969.
8.V.M, Solntsev Yazo‘k kak sistemno-strukturnoe obrazovanie, - M., 1971, 11-bet.
9.F.de Sossyur. Trudo‘ po yazo‘koznaniyu, 120-bet.

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin