63. Qachon «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi? A) 1998-yil B) 1993-yil
C) 1996-yil D) 1995-yil
64. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u …dan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. A) 1999-yil B) 2001-yil
C) 2000-yil D) 1998-yil
65. …da Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. A) 2010-yil B) 2009-yil
C) 2013-yil D) 2014-yil
66. 1991–1994 yillarda … ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda … ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. A) 73, 450 B) 76, 455 C) 75, 430 D) 71, 430
67. Quyidagi atamalarni qaysi tildan olinganligi bilan to’g’ri joylashtiring. 1. festival 2. galereya
a) yunoncha b) fransuzcha c) lotincha d) italyancha
A) 1-d, 2-b B) 1-a, 2-d
C) 1-c, 2-a D) 1-c, 2-d
17-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining shakllanish va uning ustivor yo‘nalishlari
1. O‘zbekiston ...ning neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. A) Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasi
B) Kaspiy dengizi, Karib havzasi va Boltiq dengizi
C) Fors ko‘rfazi, Qora dengiz va Tarim havzasi
D) Qora dengiz, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasi
2. O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan ... kabi davlat bilan chegaradoshdir. A) Tojikiston B) Afg‘oniston
C) Qozog’iston D) Qirg’iziston
3. ... bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. A) Tojikiston B) Afg‘oniston
C) Qozog’iston D) O‘zbekiston