1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dasturlar va apparat ta’minoti, dasturiy taminot. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash prinsiplari



Yüklə 30,18 Kb.
səhifə7/8
tarix11.10.2023
ölçüsü30,18 Kb.
#154082
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Shaxsiy kompyuterning ta’minoti va uning turlari, dastu-fayllar.org

Software – qiymati 100% to’langanidan keyin o’rnatilib, foydalaniladigan
dasturiy ta’minot. Masalan, Windows operatsion sistemalari, MS Office dasturlari,
Adobe Photoshop va Macromedia Flash naqllari,




Shareware (ing. Share – qisman) – aprobatsiya, ya’ni sinovdan o’tkazish


muddatiga ega bo’lgan dasturlar. Sinov muddati, odatda, bir necha kun yoki bir
oygacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga mo’ljallangan bo’ladi. Ba’zan bunday
dasturlarning imkoniyatlari cheklangan naqli beriladi. Agar foydalanuvchiga
shunday dastur zarur bo’lsa, u dasturni to’liq naqlini xarid qilib olishi mumkin. Bu
kabi dasturlarni Internet tarmog’idan jahonga mashxur Download.com katalogidan,
dasturlarni tarqatish bilan shug’ullanuvchi Softpedia agentligidan, rossiyaning
Softkey katalogidan topish mumkin.

Freeware (ing. Free – erkin) – mutlaqo bepul dasturiy ta’minot. Aksariyat
hollarda reklama sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. Bu
dasturlardan tekin foydalanish mumkin, lekin dasturni o’zgartirib bo’lmaydi.
Chunki, dasturning birlamchi kodlari ochiq holda berilmaydi.

Free and Open Source Software (ing. erkin va birlamchi kodi ochiq) –
mutlaqo bepul va birlamchi kodi ochiq dasturiy ta’minot. Foydalanuvchi bu kabi
dasturlarni tekin ishlatish bilan birga o’z imkoniyatlari va ehtiyojiga moslab
o’zgartirishi mumkin.
Kompyuterga dasturiy ta’minotni o’rnatish jarayoni installyatsiya deyiladi,
uni o’chirish esa deinstallyatsiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta’minotni
o’rnatishdan oldin dasturning sistemaga bo’lgan talablarini, ya’ni kompyuter
qurilmalariga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqib, mosligini aniqlash lozim.
Agarda kompyuterning konfiguratsiyasi (ya’ni, kompyuter qismlarining imkoniyati)
dasturning talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki
noto’g’ri ishlaydi.
Ba’zi dasturlar installatsiya qilinishi shart emas. Ularni faqatgina nusxalab
olish kifoya. Bunday dasturlar, odatda, biror bir yo’nalishdagi ishni bajarishga
mo’ljallangan bo’ladi.
Shuni unutmangki, kompyuter “virusi” ham dasturdir. Lekin bu dastur boshqa
dasturlarga birikib olib yoki mustaqil ravishda ishlaydi hamda foydalanuvchi ishiga
yordam berish o‘rniga uning ishlariga zarar yetkazadi: ma’lumotlarni o‘chiradi yoki
buzadi, kompyuter qismlari ishini o’zgartiradi, tezkor xotirani to’ldirib kompyuter
ishlashini sekinlashtiradi va hokazo.

Yüklə 30,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin