1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222
Суғурта иши (3)

 
 
20-MAVZU: 
SUG’URTANING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI VA 
ISTIQBOLI 
 
REJA: 
1.
Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari 
2.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni rivojlantirish 
istiqbollari 
1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan sug`urta tizimining rivojlanishiga jiddiy 
ahamiyat bergan holda hukumatimiz tomonidan raqobatga asoslangan sug`urta 
bozorini tashkil qilish va uni takomillashtirish borasida ko`plab chora-tadbirlar 
ishlab chiqildi. Dastlab sug`urta tizimining huquqiy asoslari yaratildi, sug`urta 
sohasidagi davlat monopoliyasiga barham berildi va turli mulkchilikka asoslangan 
sug`urta tashkilotlarini tashkil qilishga, ularning sug`urta faoliyatini rivojlanishiga 
keng yo`l ochildi. Sug`urta tizimida sog`lom raqobat shakllantirildi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz sug`urta bozori iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlariga ishonchli va zarur xizmatlarni ko`rsatish imkoniga ega bo`ldi. 
Muhimi aholining keng qatlami sug`urta xizmatlari bilan ta`minlanmoqda. 
Sug`urtaning majburiy tartibda kiritilishi, bir tomondan, sohaning eng asosiy 
muammolaridan biri bo`lgan aholi sug`urta madaniyatining ko`tarilishiga xizmat 
qilsa, ikkinchi tomondan, yetkazilgan zararning sug`urta mexanizmi orqali 
kafolatli qoplanish tizimini yaratadi. 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari 
bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi doirasida demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va mamlakatda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida 
iqtisodiyotda, moliya, shu jumladan, sug‘urta xizmatlari bozorida o‘zgartirishlar va 
islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu respublika sug‘urta bozorining barcha 
ishtirokchilaridan faoliyat sohasining hamma yo‘nalishlarida, xalqaro standartlarga 
36
Қаранг: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993.


158 
javob beradigan zamonaviy sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish bosqichidan 
tortib, yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan 
ishonchini oshirishgacha bo‘lgan faoliyat samaradorligini yuksaltirishni taqozo 
qiladi.
Darhaqiqat, 
so‘ngi yillarda mamlakat sug‘urta bozorida amalga 
oshirilayotgan islohotlarning samarasi natijasida uning barcha jabhalarida 
rivojlanish tendensiyalari kuzatilmoqda, shu jumladan qayta sug‘urtalash 
yo‘nalishida ham iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan talablar doirasida amalga 
oshirib kelinmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida faqat qayta sug‘urta 
sohasida faoliyat yuritadigan kompaniya hanuz tashkil etilmadi, bu esa milliy 
bozorda qayta sug‘urtalash amaliyoti qo‘llanilmaydi, degani emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-
sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada 
takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini 
oshirish, 
ularning 
hududiy 
tarmoqlarini 
kengaytirish 
va 
sug‘urta 
kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, 
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya 
qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan, 2018 yilning 1 iyuliga qadar 
sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish 
belgilandi. Yuqorida qayd etilganidek, sug‘urtalovchilar yuqori riskli ob’ektlarni 
sug‘urtalashda qayta sug‘urtadan foydalanish orqali o‘zlarini moliyaviy jihatdan 
himoyalaydi, shundan kelib chiqadiki yuqori risklar natijasida yuzaga keladigan 
zararlarni qoplash uchun kompaniyalar etarlicha kapitalga ega bo‘lmog‘i lozim. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin