1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy jarayon sifatida. Reja


Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#169453
1   2   3   4   5   6
Amaliy topshiriq

Chunki ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki axloqiy-ma’naviy sifatlari qarortopishi ham tezlashadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakathayotida halqiluvchi ahamiyat kasbetadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlikva inqirozga mahkumdir. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlodmoddiy va ma’naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma’naviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyaviy ishlar tizimiga ega bo‘lishi lozim.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Sho‘ro zamonida hukmron kommunistik mafkura tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan.

Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega bo‘ladi va turli sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi, degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va o‘zbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy ko‘rinishga ega emasligini isbot etdi.

Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli tarbiyada ijtimoiymuassasalarning o‘rniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologic xususiyatlar deyarli hisobga olinmadi.

Sho‘rolar pedagogikasida tarbiya orkali har qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin, degan qarash hukmron bo‘lganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi o‘rniga ortiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga mahliyo bo‘lishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida tarbiya maqsadsiz bo‘lib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxssifatida emas, istalgan ijtimoiy yo‘nalishga solinishi mumkin bo‘lgan qiyofasiz to‘da, olomon tarzida qarash qaror topdi, Bu holtarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki tarbiyaning asosiy ob’ekti bo‘lmish shaxs va uning o‘ziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Sho‘ro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, manashu yondashuv tarziga borib taqaladi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiya va unga bog‘liq jarayonlarga yangi hamda sog‘lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g‘ayriilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, o‘zbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan o‘rganilayotir. Natijada, O‘zbekiston pedagogika fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham o‘ziga xos o‘rni borligi tan olina boshlandi. Shuningdek, tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida tarbiyaning o‘rniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol tarbiyaga doir hodisa va holatlarni to‘g‘ri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini to‘g‘ri tayin etish imkonini beradi.

2.Asosiy kategoriyalari. Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar.

Kategoriya bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi boʻlib vujudga kelgan.Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo’lajak o’qituvchitarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining o’rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.

Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim.


Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin