1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari (غزل)



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə32/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari (غزل). Alisher Navoiy o’zbek she`riyati tarixida g’azal janrini ham mazmun, ham shakl va ham badiiylik jihatidan yuqori cho’qqiga ko’targani sababli uni "G’azal mulkining sultoni" deb e`zozlaydilar. Shundan-da, ingliz sharqShunosi A.Gibb "Navoiy turkiygo’y shoirlar uchun ibrat va namunadir",- deb yozganda bu haqiqatni e`tirof etgan edi.
Alisher Navoiy g’azallarining mavzu doirasi keng. Ularda ishq (majoziy va haqiqiy), ijtimoiy, falsafiy, axloqiy mavzular Shunchalik mahorat bilan yortilganki, natijada har bir g’azal badiiy tafakkurning o’ziga xos mujassamiga aylangan. Alisher Navoiy o’zining g’azallari bilan o’zbek she`riyatidagi g’azal yozish an`anasini rivojlantirdi va navoiyona uslubda yozilgan g’azallarni yaratdi. Navoiyona uslubda yozilgan g’azallar bir mavzuni keng va chuqur yoritish, ruhiy kechinmalarning samimiy va haqqoniyligi, pand-nasihat yoki mav`izaning mavjudligi hamda badiiy tasvir vositalaridan nihoyatda mahorat bilan foydalanganlik bilan ajralib turadi.
Alisher Navoiy o’z g’azallarida "ishq so’zi" (ishqdagi kuyish, yonishlar, ruhiy holat), "rindonalik" va "orifonalik" ning qorishganiga alohida e`tiborni qaratadi. Bu bilan g’azalnavislik ana`nasidagi uslublardan ijodiy ilhomlanish natijasida maydonga kelgan yangi uslubga- navoiyona uslubga ishora qilmoqda. Shuning bilan birga navoiyona uslubda turkiygo’y xalqlar og’zaki ijodidagi "turkiy" va "qo’Shuq" nav`lari xususiyatlaridan ilhomlanish yo’nalishi ham ko’zga tashlanadi. Bas Shunday ekan, Alisher Navoiy g’azallari ham forsiy, ham turkiy g’azal va "turkiyu qo’Shuq"lar xususiyatlarining qoriShuvi natijasida yaratilgan ajoyib asarlardir.
Alisher Navoiyning ana Shunday ajoyib g’azallarida turli mavzular bilan birga ishq mavzusi alohida mavqega ega.
Alisher Navoiy she`riyati, jumladan g’azallarida ishq keng qirrali mavzu sifatida qalamga olingan, jumladan insonning insonga, tabiatga nisbatan bo’lgan ishq-muhabbati va, Shuning bilan birga, Alloh taologa nisbatan bo’lgan ishqi masalalari yoritilgan. har ikkala ishq mukammal mujassam bo’lgan shaxsning komillikka-komil inson darajasiga eriShuvi shoirning bosh maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Alisher Navoiy:
Ofarinishdin qilib inson g’araz,
Oni aylab xalq ichinda beavaz, - deb hazrati Insonning buyuk maqomidan so’z yuritadi va uning uchungina xos bo’lgan fazilatni-ishqdagi yonish-kuyish (so’z), samimiylik va chuqur hissiyotlarni har tomonlama yoritadi. Shundan kelib chiqqan shoir Shunday deydi:
Ey Navoiy, ul pari o’ltursa ham ozdur seni,
Kimki insondur aning mahbubi ham inson kerak.
Alisher Navoiy g’azallarida ana Shu mahbub-sevimli kishining siymosi-portreti ham ma`lum darajada chizilgan.
Alisher Navoiy g’azallaridagi inson, bir tomondan, go’zal mahbuba bo’lsa, ikkinchi tomondan, do’st, yor, erkak jinsidagi yaqin kishi ham bo’lib keladi. Bu fikrning isboti uchun ulug’ shoirning mashhuр "qaro ko’zum" g’azalini eslatish mumkin:
Qaro ko’zum, kelu mardumlig’ emdi fan qilg’il
Ko’zum qorasida mardum kabi vatan qilg’il.
Mazkur g’azal ko’pgina adabiyotShunoslar, jumladan Natan Mallaev, Ismatullo Abdullaev, Nusratullo Jumaev va boshqalar tomonidan tahlil qilingan va bu haqda turli xil bahslar yuritilgan. Men bu o’rinda ana Shu bahsga qatnashib, o’zining ancha asosli fikrlarini bayon etgan arabShunos, adabiyotShunos va tasavvufShunos olim akademik Alibek Rustamovning ayrim fikrlarini aynan keltirib, tug’ilishi mumkin bo’lgan har xil savollarga ham undan javob topsa bo’ladi, deb o’ylayman:
"Navoiyning bu g’azaldagi manzuri (ya`ni mahbubi) insonmi yoki Xudomi, degan masalani hal qilaylik. "qora ko’z"ni Xudo deb tushinish, birinchidan, ilmiy ma`lumotning etishmasligi natijasida vujudga kelgan taassub, ikkinchidan, fazlfurushlikka bo’lgan intilish natijasidir. Navoiy shaklsiз Oliy vujudga (Allohga) "qora ko’zum" deb murojaat qilmaydi, undan inson qiyofasiga kirishni talab qilmaydi va uning "yuzidagi ter"ni ko’rib o’lmaydi…
Navoiyning bu g’azaliga manzuri (mahbubi) yigitmi, qizmi degan savolga yigit deb javob berishimiz kerak bo’ladi… Uning yigitligini tan olmaslikka harakat qilish Navoiyning ishqi ma`naviy ishq ekanligini hisobga olmaslik natijasidir. Ma`naviy ishqda jins va yoshning ahamiyati bo’lmaydi".
Bundan ma`lum bo’ladiki, Navoiy g’azaliyotida ham insoniy (ayol-erkak o’rtasidagi), ham ma`naviy (jinsi farq qilmaydi) hamda haqiqiy (Alloh taolaga nisbatan) ishq o’z ifodasini topgan bo’lib, ana Shu asosda uning timsollari ham belgilanadi: oshiq-ma`Shuqa, do’st-yor, Alloh-solik va boshqalar.
Navoiy talqini bo’yicha, ishq - bulhavaslik, mas`uliyatsizlik va axloqsizlikni emas, balki samimiylik, fidoiylik va o’zni idora qila bilishlikni talab qiladi.
Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,
Gar meni o’ltur v-agar tirguzki, jonim sen mening.
Alisher Navoiy she`riyatida haqiqiy ishq - Alloh taologa nisbatan bo’lgan muhabbat, uning zotiy sifatlariga intilish jarayonida komillikka eriShuv masalalari, Rasululloh Muhammad hazratlariga bo’lgan sadoqat kabi tasavvufiy mavzular ham qalamga olingan. Bu mavzu faqat alohida g’azallar (na`t, hamd, mav`iza) dagina emas, balki boshqa mavzulardagi g’azallar zimnida ham o’z aksini topgan. Shuning uchun bu mavzu keng qamrovli bo’lib, uning o’ziga xos timsol va badiiy tasvir vositalari borki, bu mavzudagi g’azallarni tahlil va talqin qilish jarayonida ularni e`tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Shuni nazarda tutgan Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoni" tarkibidagi devonlarni hamd, na`t va mav`iza g’azallardan boshlaydi. Masalan, "g’aroyib ul-sig’ar" devonining "Ashraqat", "Zihi husnung", "Ey hamd", "Iloho, podshoho, kirdikoro" so’zlari bilan boshlanadigan, "Navodir ush-shabob" devonining "Zihi zuhuri jamoling", "Ilohiy amringa" kabi so’zlar bilan boshlanadigan hamd g’azallar hamda "Ey nubuvvat", "Zihi javlongahing", ("G’aroyib us-sig’ar"),"Zihi buroqing", "Bediling xayli rusul" ("Navodir ush-shabob") kabi na`t g’azallar bilan boshlanishi ham bejiz emas.
Qayd qilinganidek, butun "Xazoyin ul-maoni" "G’aroyib us-sig’ar"dagi birinchi g’azal - "Ashraqat" bilan boshlanadi (ma`lumki, "Badoe` ul-bidoya" ham Shu g’azal bilan boshlangan edi). Alisher Navoiyning bu g’azalga bunchalik e`tibor berishining sababi nimada Buning asosiy sababi, bizningcha, Shundan iborat bo’lsa kerakki, g’azalda inson va Alloh taolo, inson va koinot, inson va komillik, insonning o’zligini hamda Oliy haqiqatni tanishi kabi falsafiy masalalar tasavvufiy idrok va talqinda berilgan. Bu masalalar esa dunyoqarashning asosiy falsafiy tamoyillari bo’lib, ularning badiiy in`ikosi butun she`riyatda amalga oshirilgan. Shu jihatdan bu g’azal "Xazoyin ul-maoni" xazinasining kaliti vazifasini ham o’tagan ko’rinadi. Chunki bu g’azalning asl mohiyatiga etgan kishi "Xazoyin ul-maoni"da bayon etilgan badiiy tafakkur mahsulini yaxshi anglab oladi.
G’azalning birinchi bayti husni matla` bo’lib, unda shoir butun g’azalda ifoda etmoqchi bo’lgan fikrning mohiyati - mag’zini hamda "jomu may"ning botiniy - tasavvufiy ma`nosini bayon etgan.
"G’aroyib us-sig’ar" devonidagi "Ey, nubuvvat xaylig’a xotam bani Odam aro" misrasi bilan boshlanadigan na`t g’azalda Rasululloh Muhammad (s.a.s.) hazratlaridan, ul nabining fazilatlaridan bahs yuritilgan. Bunday g’azallar "Xazoyin ul-maoni" tarkibidagi har bir devonda ham bor.
Alisher Navoiy she`riyatidagi tasavvufiy mavzular insonni komillik sari intilishlarini islomiy falsafa nuqtayi nazaridan badiiyat qonuniyatlari doirasida bayon etadi.
Alisher Navoiy she`riyati-g’azallarida ijtimoiy, siyosiy hayotning muhim muammolari, o’sha davrdagi turli tabaqa vakillari haqidagi mulohazalar, go’zal axloqqa doir pand-nasihatlar ham qalamga olingan.
Alisher Navoiy g’azallarida ijtimoiy-siyosiy hayotning muhim muammolaridan bo’lmish jamiyatni boshqarish, boshqaruvchilarning qanday bo’lmog’i lozimligi haqida diqqatga sazovor mulohazalar bayon etilgan. Jumladan:
Yordin ayru ko’ngul mulkedurur sultoni yo’q,
Mulkkim, sultoni yo’q, jismedururkim joni yo’q.
Bu baytda asosiy diqqat ko’ngulning yordan ayrilmog’i mumkin emas, chunki ko’ngul mulkining joni-sultoni yordir, degan fikrga qaratilgan bo’lsa-da, ammo shoir bu fikrni kuchaytirish maqsadida uni ijtimoiy-siyosiy hayotdagi hodisa - mamlakatning sultonsiz (boshqaruv boshlig’i ma`nosida) bo’lishi mumkin emasligi, ya`ni sulton (boshqaruv boshlig’i) mamlakatning joni ekanligi bilan qiyoslaydi. Bu bilan Alisher Navoiy o’zining jamiyat va uning boshqaruvi (sulton, shoh) to’g’risidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlarini ifoda etadi. Shuning bilan birga boshqaruv boshlig’i - shoh, sultonning qanday fazilatlar sohibi bo’lmog’i lozimligiga ham e`tiborni qaratib, Shunday yozadi:
Vasl ila qilg’il buzuq ko’nglum ilojinkim, qilur
SHoh adl etmak bila vayronalar ta`mirini.
"Xazoyin ul-maoni" da she`riyatning boshqa nav`lari - ruboiy, qit`a, qasida, muxammas, soqiynoma, tuyuq va boshqalar ham kiritilgan. Shulardan ayrimlarini ko’zdan kechirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin