5-modul. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash. 5.6-mavzu: Pozisionerlar. Reversiv va noreversiv pozisionerlar. O`ziga o`rnatilgan pozisionerlar. Chekka holatlar to`g’risida xabar beruvchi qurilmalar. Reja:
1. Pozisionerlar va reversiv hamda noreversiv pozisionerlar.
2. O`ziga o`rnatilgan pozisionerlar. Chekka holatlar to`g’risida xabar beruvchi qurilmalar.
Pnevmatik pozitsionerlar Pnevmatik pozitsionerlar mexanizmning chiqish elementi holatiga qarab teskari aloqani hosil qilish yo`li bilan porshenli ilgarilanma -qaytma va aylanadigan pnevmatik ijro mexanizmlarning tez ishlashini oshirish va siljish har hilligini kamaytirish uchun mo`ljallangan.
Pnevmatik pozitsionerlarning shartli belgilanish strukturasi:
П ПXXXXX Bajarilishi: У1Э – mo`tadil iqlimli davlatlarga
eksport qilishga yetkazish uchun;
T1 – tropik iqlimdagi davlarga eksport qilishga
yetkazish uchun.
Ta’minlovchi havo bosimi: 1 – 250kPa
2 – 400kPa
3 – 630kPa
Montajli kopmlektning tartib raqami (jadvaldan topiladi)
Mexanizm chiqish elementi shartli yo`lini sozlash
chegaralari:
25 – 25 mmgacha;
90 – aylanuvchi ijro mexanizmlari uchun;
100 – 25 dan 100 mmgacha
Qo`llanilishi:
bir tomonlama harakat;
2 – ikki tomonlama harakat.
Mahsulot tipi
Pnevmatik pozitsionerlarni asosiy texnik ma’lumotlari va xarateristikalari: Kirish signali Pkir – 20 dan 100kPa gacha.
Ishchi muhit – siqilgan havo. Tozalik standart bo`yicha 0,1,3 changlik sinfidan yuqori.
Ta’minlovchi havo bosimi Pta’min :
Bir tomonlama harakat pozitsionerlar uchun – 250; 400; 630kPa;
Ikki tomonlama harakat pozitsionerlar uchun – 400; 630kPa.
Ta’minlovchi havo bosimining nominal qiymatidan ruhsat etilgan og`ishi - -+10% .
Pozitsionerlarning aniqlik sinfi – 1,0.
Fazodagi ishchi holati – qopqog`i pastga qaragan holatidan tashqari, doimo erkin.
Ijro mexanizmi chiqish zvenosining ilgarilanma-qaytma harakatli pozitsionerlar 1-jadval bilan mos mexanizm shtoki shartli yo`lini ta’minlaydi.
Buriladigan ijro mexanizmlar pozitsionerlari chiqish valini 900 dan kam bo`lmagan burchakka burishni ta’minlaydi.
1-jadval
Modifikatsiya
Shtokning shartli yo`li, mm
ПП-1.25
4; 6; 10; 16; 25
ПП-2.25
10; 16; 25
ПП-1.100; ПП-2.100
25; 40; 60; 100
Shartli yo`l yoki burilish burchagining foizlarda ifodalanadigan asosiy ruhsat etilgan hatoligi - -+1.
Pozitsionerlar gisterezisi ruhsat etilgan hatolikning absolyut qiymatini oshirmasligi shart.
80kPa kirish signali o`zgarish diapazonining foizlarda ifodalangan sezgirlik chegarasi ruhsat etilgan hatolikning 0.25 absolyut qiymatdan oshmaydi.
Ta’minlovchi havo sarfi Qta’min o`rnatilgan rejimda 2-jadvalda ko`rsatilgandan oshmaydi.
2-jadval
Ta’minlash havo bosimi, kPa
Ta’minlovchi havo sarfi, m3/coat (l/daq)
ПП-1
ПП-2
250
0.6
-
400
0.8
1.0
630
1.2
1.5
Ijro mexanizmi chiqish zvenosining holati va kirish signali o`rtasida maksimal farq bo`lgan holdagi o`tish rejimida va chiqish drossellarining to`liq ochilgan holatlarida pozitsionerlar chiqishidagi ta’minlovchi havo sarfi 3-jadvaldagi qiymatdan kam emas.
3-jadval
Ta’minlash havo bosimi, kPa
Ta’minlovchi havo sarfi, m3/coat (l/daq)
250
9.1
-
400
13
13
630
19
19
Pozitsionerlarni o`rtacha hizmat ko`rsatish muddati Thizmat 8 yildan kam emas.
Pozitsinerlarning massasi (montajli komplektini hisobga olmagan holda):
Bir tomonlama harakatli – 2.3 kgdan oshmaydi.
Ikki tomonlama harakatli – 2.5 kgdan oshmaydi.
Hozirda qo`llaniluvchi pnevmatik pozitsionerlardan biri bilan qisqacha tanishamiz.