1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə73/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini O‘rganish va targ‘ib etish, ilm-fan, ta‘lim, madaniyat va sport sohalarini izchil rivojlantirish, shu yO‘l bilan umumbashariy taraqqiyotga hissa qO‘shish borasida amalga oshirilayotgan keng kO‘lamli davlat siyosati O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi O‘rnini mustahkamlashda, uning xalqaro miqesda keng tanilishida muhim omillardan biri bO‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston davlat byudjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta‘lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san‘at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
Aloqalarimizning ushbu sohalardagi muhim yO‘nalishlari xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, TSESCO va boshqa tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
1993 yil 26 oktabrda O‘zbekiston BMTning ta‘lim, fan va madaniyat bO‘yicha tuzilmasi YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a‘zo bO‘lib kirdi, u bilan faol, O‘zaro manfaatli hamkorlikni yO‘lga qO‘ydi. 1996 yil 26 aprelda mazkur tashkilot Bosh direktori Federiko Mayor taklifiga binoan Prezident Islom Karimov YUNESKOning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan hamkorligi istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar O‘zbekiston va YUNESKO O‘rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bO‘ldi.
1997-2001 va 2009-2013 yillari O‘zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YUNESKOning Jahon madaniy merosi rO‘yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olindi. "Shashmaqom" va NavrO‘z bayrami insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e‘lon qilindi. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur‘oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi nodir qO‘lyozmalar "Jahon xotirasi" rO‘yxatiga kiritildi. YUNESKO qaroriga muvofiq, 2001 yilda Buxoro "Tinchlik shahri" deb e‘lon qilindi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan YUNESKO shafeligi ostida dunyoning eng qadimiy shaharlaridan bO‘lmish Samarqandda tashkil etilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar O‘rtasida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qO‘shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg‘ularni uyg‘otish, mushtarak tomirlarni bir-biriga yaqinlashtirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Milliy madaniyatni rivojlaitirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qO‘shgan hissasi, xalqlar O‘rtasidagi dO‘stlik rishtalarini, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy rang-baranglikni qO‘llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov 1998 yilda YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006 yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan taqdirlandi.
ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e‘lon qilinganini ham alohida e‘tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qO‘lga kiritish O‘zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bO‘ldi.




    1. Yüklə 1,27 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin