1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik


i) Siydik chiqarish va tanosil a’zolari sili, tez rivojlanuvchan davri, asoratlari bilan



Yüklə 95,14 Kb.
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü95,14 Kb.
#46410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1854 09.09.2008

i) Siydik chiqarish va tanosil a’zolari sili, tez rivojlanuvchan davri, asoratlari bilan.

Kasallikning bu ko‘rinishida adekvat antibakterial davolanishga qaramay bemor ahvolining o‘ta og‘irligi, keskin umumiy holsizlik, umumiy intoksikatsiya, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichga o‘tishi, bemor ish qobiliyatining butunlay va doimiy yo‘qolishi bilan kechadi. Ikki tomonlama buyraklar kavernoz sili mavjudligi, ayollarda pelvioperitonit asoratlari e’tiborga olinadi.

Siydik chiqarish va tanosil a’zolarining tez rivojlanuvchan silini aniqlashda siydikning klinik taxlilida izostenuriya-siydik solishtirma og‘irligini birdek bo‘lib qolishi, piuriya-yiring, proteinuriya-oqsil, silindruriya-silindrlar borligiga va tanosil a’zolaridan chiqayotgan oqmalarda sil mikobakteriyalarini topilishiga asoslaniladi. Buyrak va siydik pufagi atrofini qamragan rentgen, ekskretor urografiya, indigokarminli tsistoskopiya va retrograd piyelografiya, gisterosalpingografiya, ultratovush tekshiruvlari (UZI), zarur bo‘lganda laparoskopiya, KT yoki MRT tekshiruvlari o‘tkaziladi.

2. Xavfli o‘smalar.

2.1. Xavfli o‘smalar (barcha turlari, asosiy o‘chog‘i aniqlanmagan holatlar ham). Xalqaro TNM klassifikatsiyasi bo‘yicha IV-bosqich davri.

Klinik tashxis odatda gistologik tekshiruv asosida quyiladi (gistologik tekshiruvga to‘qima parchalaridan namuna olish imkoniyati bo‘lmagan: o‘pka markaziy raki, bosh, orqa miya va boshqa to‘qima olinishi qiyin joylar bundan mustasno). Rentgen, laboratoriya, tsitologiya, zarur hollarda kompyuter, magnito- rezonans tomografiya tekshiruvlari o‘tkaziladi .

2.2. Limfa va qon to‘qimalarining xavfli o‘smalari. Miyeloproliferativ o‘smalar:

a) o‘tkir kechadigan leykoz (hamma ko‘rinishlari);

b) surunkali miyeloleykoz, kaxeksiya, kamqonlik, splenomegaliya, gemorogiya belgilarining kuchayib borishi bilan;

v) surunkali eritromiyeloz, terminal bosqichda.

g) eritremiya, bosh miyada qon quyulishi yoki bosh miya qon tomirlari trombozi bilan asoratlangan holatlari;

d) surunkali limfoleykoz, aplastik anemiyalar, agranulotsitozlarning og‘ir formalari kamqonlik, trombotsitopeniya va uzluksiz qaytalanadigan infeksiyalar bilan asoratlangan holatlari;

e) surunkali monotsitar leykoz. Kamqonlik va gemorragiya alomatlari bilan kechadigan terminal bosqichi;

j) ko‘p sonli miyeloma. Osteodestruktiv asoratlari (umurtqa va oyoq suyaklarining patologik sinishi) bilan;

z) limfagranulematoz. IV-bosqichi. Limfa tugunlarining jarohatlanishi bilan kechayotgan, bir yoki undan ko‘proq ekstrolimfa a’zolarining diffuzli jarohatlanish bilan;

i) retsidiv xavfli o‘smalar IV-bosqichi, generalizatsiya jarayoni bilan. Periferik limfa tugunlarda va ichki a’zolarda metastazlar bilan kechayotgan holatlar.

3. Endokrin tizimi kasalliklari.

Adekvat davo ta’sir qilmayotgan holatlar:

a) qandli diabet. I-II turlari, insulinga talab xili (insulin miqdori bir kecha-kunduzda 60 o‘lchov birligi va undan ko‘p) og‘ir kechayotgan va yaqqol ifodalangan mikroangiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya belgilari bilan;

b) qandli diabet. I-II turlari, (insulin miqdori bir kecha kunduzda 60 o‘lchov birligidan kam bo‘lgan yoki insulinsiz) dekompensatsiya holati, ketoatsidoz, labil kechishi, gipoglikimik va giperglikimik holatlarning almashib turishi bilan diabetik retinopatiya (preproliferativ yoki proliferativ bosqichda ko‘rish o‘tkirligining korreksiya qilib bo‘lmaydigan pasayishi) bilan diabetik polineyropatiya(avtonom polineyropatiya, diabetik enteropatiya, siydik chiqarish yo‘llari va siydik qopining atoniyasi), diabetik nefropatiya-V, diabetik oyoq cindromi (ishemik, neyropatik, yoki aralash shakli uzoq vaqt bitmayotgan trofik yaralar rivojlanishi bilan, oyoq panjalarining “quruq” yoki “ho‘l” gangrenasi, shakllanayotgan Sharko bo‘g‘imining osteoartropatiyalari bilan;

v) Itsenko-Kushing kasalligi (sindromi) yaqqol ifodalangan asoratlari bilan: umurtqa yoki naysimon suyaklarning patologik sinishlari; mushaklar atrofiyasi; kardiomiopatiya III-darajali qon aylanishi yetishmovchiligi bilan; miya qon aylanishining buzilishi natijasida ikki yoki undan ortiq oyoq, qo‘llar harakatlarining chuqur, turg‘un va tiklab bo‘lmaydigan buzilishlari bilan;

g) Gipofizar yetishmovchilik. (Simonds kasalligi), kaxeksiya bosqichi.

Agar kasallikning kelib chiqishiga bosh miyaning gipofizar qismida o‘sma rivojlanayotganligi sabab bo‘lgan bo‘lsa-ko‘rish funksiyalarining buzilishi, nevrologik va ruhiy buzilishlar, buyrak usti bezi qobig‘i ikkilamchi yetishmovchiligining og‘ir kechishi;

d) diffuzli toksik buqoq. Tireotoksikozning og‘ir shakli quyidagi asoratlari bilan: endokrin oftalmopatiyasi, tireotoksik yurak, mersal aritmiya va yurak-qon tomir yetishmovchiligining III-bosqichi, kasallikning jarrohlik yo‘li bilan davolab bo‘lmaydigan barcha turlari;

e) buyrak usti bezining surunkali yetishmovchiligi, og‘ir shakli, doimiy o‘rin bosuvchi gormonlar terapiyasi o‘tkazilishiga qaramay kompensatsiya holatining yo‘qligi, ozish, miasteniya, gipotoniya, buyrak usti bezi krizi rivojlanishi mumkin bo‘lgan holatlari bilan;

j) qandsiz diabet, vazopressin gormoni yetishmovchiligi sabab bo‘lgan, doimiy o‘rin bosuvchi gormon terapiyasi o‘tkazilishiga qaramay bemor ahvolining yaxshilanmayotganligi. (neyroendokrin yetishmovchiligining og‘ir bosqichi).

Bunda bemorda poliuriya (me’yordan ortiq siyish), polidipsiya, jismoniy va psixologik astenizatsiya, oshqozonning kengayishi, teri va shilliq pardalarning qurishi, haroratning ko‘tarilishi, qonning quyuqlashishi, eritrotsitlarda natriy miqdori, gemoglobin va qoldiq azotning ko‘payishi kuzatiladi.

z) gipoparatireoz, tez-tez qo‘zg‘alib turadigan tetanik sudorogalar, laringo va bronxospazmlar, disfagiya, qusish ruhiy buzilish kabi og‘ir asoratlar bilan;

i) giperparatireoz: suyak shakli- son, tos, yelka, qovurg‘a suyaklarining patologik sinishi, yolg‘on bo‘g‘imlar hosil bo‘lishi; rivojlanib borayotgan siydik tosh kasalligining buyrak shaklida- buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, aralash shaklida — yuqorida qayd etilgan simptomlarning qay biri yaqqol ko‘rinishda ekanligi e’tiborga olinadi;

k) gipofiz va gipotalamus o‘smalari, og‘ir asoratlari: ko‘rish funksiyasining qayta tiklanmas buzilishi, yaqqol nevrologik va ruhiy buzilishlari bilan;

l) buyrak usti bezi kasalliklari: Feoxromotsitoma yoki giperaldosteronizm (o‘sma sabab bo‘lgan ammo xirurgik yo‘li bilan davolashning imkoniyati bo‘lmagan holatlar) og‘ir asoratlari: gipertonik krizlarning tez-tez qaytalanishlari, miasteniya, tetaniya, periodik falajlar bilan; Giperaldosteronizm (o‘sma sabab bo‘lmagan) yuqorida qayd etilgan og‘ir asoratlari bilan.

4. Ruhiy kasalliklar.

4.1. Shizofrenik psixozlar: uzluksiz (oddiy; gebefrenik; katatonik; paranoid) va xurujsimon-progrediyent kechayotgan shakllari, noxush oqibatlari bilan.

4.2. Maniakal-deperessiv psixoz, sirkulyar xili. Aralash psixotik holatli, tez-tez almashib kechadigan maniakal va deperessiv fazali uzluksiz kechayotgan turi.

4. 3. Bosh miyaning organik shikastlanishi oqibatidagi psixotik o‘zgarishlari:

a) senil demensiyaning barcha shakllari: oddiy; galyutsinator-paranoid buzilishlari; senil demensiyasi kasalligi boshlanishidan oldingi ilk senil demensiya shakli; Alsgeymer va Pik kasalliklarida kuzatiladigan bosh miyaning o‘chog‘li atrofiyasi oqibatidagi demensiyalar;

b) aterosklerotik aql zaifligi. Psixozsiz; depressiya; galyutsinator-paraniod buzilishlari; o‘tkir fikr chalg‘ishi singari ko‘rinishlari bilan;

v) Korsakov psixozi (ichkilikbozlik, miya zaxmi yoki jarohatlanish oqibatida);

g) organik demensiya (ensefalit, meningoensefalit, miya zaxmi, miya jarohatlanish oqibatida).

4.4. Surunkali reaktiv psixozlar. Progrediyent kechayotgan, somatik organlarni ham jalb qilib, surunkali ruhiy kasalliklar xususiyatini olayotgan holatlar.

4.5. Surunkali psixozlar (kelib chiqishiga turli xil holatlar sabab bo‘lgan):

a) simptomatik psixozlar, sistemali infeksiya sabab bo‘lgan progrediyent yoki qaytalanib kechayotgan holatlar;

b) intoksikatsion psixozlar, qaytalanib yoki uzoq davom etayotgan, kasal ruhiyatidagi buzilishlar kuchayib, tiklab bo‘lmaydigan holatga o‘tishi bilan;

v) surunkali psixozlar, bosh miya jarohatlanishi oqibatida kasal ruhiyatidagi turg‘un o‘zgarish belgilari bilan.

4.6. Shaxsning patologik rivojlanishi, qaytalanib va uzoq muddat davom etayotgan dekompensatsiya bosqichidagi buzilishlari bilan (psixopatiyalar).

4.7. Epilepsiya:

a) epileptik psixoz, surunkali jarayon tusini olayotgan, uzoq muddat davom etayotgan, davolash ta’sir qilmayotgan holatlar;

b) paroksizmal buzilishlarning murakkablashishi va tarqalishi (generalizatsiya), kasal ruhiyatidagi o‘zgarishlarning kuchayib borishi bilan;

v) epileptik aql zaiflik;

5. Asab tizimi va sezgi a’zolari kasalliklari.

5.1. Bosh va orqa miya qon tomirlari kasalliklari: emboliyalar; bosh miya qon aylanishining gemorragik, ishemik yoki aralash o‘tkir buzilishlari: III-bosqichdagi surunkali ensefalopatiya va miyelopatiya, birlamchi (jarohat sabab bo‘lmagan) subaraxnoidal qon quyilishi tufayli, miyada o‘choqli shikastlanishning yaqqol ifodalangan turg‘un belgilari (gemi-paraplegiyalar, chuqur gemi va paraparezlar, bemor o‘zini qayerdaligini va qaymahal ekanligini anglay olmasligi, akinetiko-rigid sindromi) bilan.

5.2. Bosh va orqa miyaning organik shikastlanishi bilan kechayotgan markaziy nerv sistemasining yuqumli, demiyelinlovchi kasalliklari, miya faoliyatining chuqur, turg‘un buzilishlari (og‘ir darajadagi falajlar, nerv sezgirligi faoliyatining buzilishlari, trofik buzilishlar, yaqqol ifodalangan akinetiko-rigid sindromi bilan) va kasallik jarayonining kuchayib borishi bilan:

a) ikkilamchi yiringli meningitlar;

b) birlamchi virusli ensefalitlar;

v) bosh miya abssessi;

g) orqa miya qattiq pardasi abssessi va sil kasalligi sabab bo‘lmagan granulyomalar;

d) neyrozaxm;

e) nerv sistemasining sil kasalligidan shikastlanishi;

j) tarqalgan skleroz;

z) tarqalgan ensefalomiyelit. Bosh miya funksiyalarining turg‘un, chuqur buzilishlari bilan;

i) leykoensefalitlarning tez avj oluvchi shakllari;

k) o‘tkir va surunkali yallig‘langan demiyelinlovchi poliradikulonevropatiyalar.

5.3. Jarohatlanish oqibatida ro‘y bergan markaziy asab tizimining kasalliklari, miyada o‘choqli shikastlanishning yaqqol, turg‘un belgilari (gemi- va paraplegiyalar; chuqur gemiparezlar) bilan.

5.4. Tez kechib kuchayib borayotgan kasalliklar, harakat, sezgi va vegetativ trofik faoliyatining turg‘un yaqqol ifodalangan buzilishi va o‘tkazilayotgan davo ta’sir qilmayotgan hollari:

a) bosh miya o‘smalari;

b) bosh-orqa miya o‘smalari;

v) orqa miya o‘smalari;

g) siringomiyeliya, “kurtka” turidagi tarqoq gipesteziyali va yaqqol ifodalangan vegetativ-trofik buzilishlar bilan kechadigan shakli;

d) gepatotserebral distrofiya (gepatolentikulyar degeneratsiya, Vilson-Konovalov kasalligi);

e) orqa va bosh miya ataksiyalari;

j) yonlanma amiotrofik skleroz;

z) miasteniyaning tarqalgan shakli, avj oluvchi kechishi.

5.5. Butunlay ko‘rlik, shuningdek yaxshi ko‘radigan ko‘zdagi ko‘rish ravshanligi, kasalliklar tufayli bo‘lgan o‘zgarishlardan so‘ng 0, 03 dan oshmay qolgan va uni tuzatib bo‘lmaydigan yoki ikkala ko‘zdagi ko‘rish burchagi bir xilda 10 darajaga torayib qolgan hollar.

5.6. Parkinsonizm, yaqqol akinetiko-regidli sindromi va vegetativ buzilishlar bilan (ortostatik gipesteziya).

6. Qon aylanish a’zolarining kasalliklari.

6.1. Yurak kasalliklari: tez rivojlanuvchan davri, qon aylanishi yetishmovchiligining II-III-bosqichi bilan va davolash ta’sir etmayotgan holatlar:

a) konstruktiv perikardit, jarrohlik yo‘li bilan davolab bo‘lmaydigan holatlar.

b) yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari;

v) bakterial endokardit, uzoq davom etuvchan shakli;

g) kardiomiopatiya (qon aylanishi harakatining susayib qolgan, gipertrofik, obstruktiv va dilyatatsion shakllari);

d) endomiokardial fibroz;

e) miokarditik kardioskleroz;

j) yurak ishemik kasalligi. Nostabil stenokardiya. Infarktdan keyingi kardioskleroz, SYUYE III-IV funksional sinf, asoratlari va murakkab yurak qorinchasi aritmiyalari bilan;

z) yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining turg‘un buzilishi (qisman, politopik, juft qorinchali ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, atrioventrikulyar blokada-Morgan-Edems-Stoks sindromi bilan) ;

i) infeksion-allergik miokardit.

6.2. Gipertoniya kasalligining III-bosqichi:

a) yurak ritmining turg‘un buzilishi va qon aylanishining kuchayib boruvchi yetishmovchiligi bo‘lgan o‘tkir transmural yoki katta o‘choqli qaytalangan miokard infarkti bilan;

b) qon aylanishi yetishmovchiligining III-bosqichi bilan;

v) surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi bilan.

6.3. Arteriya kasalliklari gangrenoz-nekrotik bosqichi, kamida ikkita qo‘l-oyoq magistral qon tomirlarining shikastlanishi bilan.

a) obliteratsiyalovchi endoarterit;

b) Obliteratsiyalovchi ateroskleroz.

6.4. O‘tkir revmatik isitma:

a) revmatizm faol davri (yurak nuqsonlarini qon aylanishi yetishmovchiligining II B-III-bosqichlari bilan);

b) revmatizm nofaol davri (yurak nuqsonlarini qon aylanishi yetishmovchiligining II B-III-bosqichlari bilan).

7. Nafas olish a’zolari kasalliklari.

O‘pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari, tarqalgan pnevmoskleroz, emfizema, surunkali “o‘pka yuragi” ning dekompensatsiya davridagi II-III-bosqich nafas yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bilan asoratlangan holatlar:

a) surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari, og‘ir shakli;

b) bronxial astma IV darajasi, Status astmaticus bilan;

v) ikki tomonlama bronxoektaz kasalligi, og‘ir shakli, asoratlari bilan;

g) surunkali o‘pka abssessi, og‘ir kechishi;

d) plevra empiyemasi;

e) turli sababdan kelib chiqqan pnevmokoniozlar II B-III-darajali o‘pka-yurak yetishmovchiligi bilan;

j) idiopatik fibrozlovchi alveolit;

z) sarkoidoz, og‘ir kechishi;

i) birlamchi emfizema;

k) ikkala o‘pkaning tarqalgan exinokokkoz kasalligi;

l) ikkala o‘pkaning yalpi polikistoz (alviokistoz) kasalligi.

8. Ovqat xazm qilish a’zolari kasalliklari.

a) Ichak va boshqa ovqat xazm qilish a’zolarida so‘rilish buzilishi sindromining yaqqol ko‘rinishi bilan kechuvchi, kaxeksiya bosqichidagi kasalliklar.

b) Jigar tsirrozlari — dekompensatsiya bosqichidagi, kuchli ifodalangan portal gipertenziya, gipersplenizm va jigar yetishmovchiligi ensefalopatiyasi bilan.

v) Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining tarqalgan exinokokkoz va alveokokkoz kasalligi, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bilan.

9. Buyrak kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligining III-bosqichi bilan.

a) Surunkali glomerulonefrit.

b) Surunkali piyelonefrit.

v) Gidronefroz.

g) Buyrakning kista kasalligi.

10. Suyak-muskul tizimi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari.

Kasallik jarayonning to‘xtovsiz o‘ta kuchayib boruvchi va surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi yoki III-darajali qon aylanishi yetishmovchiligi yoki markaziy nerv sistemasining turg‘un o‘choqli shikastlanishi (gemiparaplegiya, gemiparaparezlar) yoki ko‘ndalang targ‘il muskullarni keng tarqalgan shikastlanishi disfagiya, dizartriya alomatlari bilan:

a) seropozitiv va seronegativ revmatoid artrit;

b) sistemali gemorragik vaskulit;

v) ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi);

g) sistemali qizil “volchanka”;

d) dermatomiozit;

e) tugunchali periartrit;

j) sistemali sklerodermiya;

z) koksoartroz (tos-son bo‘g‘imi artrozi, funksional bo‘g‘im yetishmovchiligi — FBE II-III-darajasi);

i) sistemali nekrozlovchi vaskulopatiyalar.

11. Moddalar almashinuvi kasalliklari.

Podagra kasalligi, buyrak yetishmovchiligining terminal boschqichi bilan.

12. Anatomik nuqsonlar.

Jazo o‘tash davrida kasallanish yoki jarohatlanish oqibatida:

a) ikkala qo‘l yoki ikkala oyoqning yuqori qismidan amputatsiya qilinishi;

b) bir oyoq va bir qo‘lning yuqori qismidan amputatsiya qilinishi.

13. Nurlanish kasalligi:

13.1. O‘tkir nurlanish kasalligi:

a) o‘tkir nurlanish kasalligining barcha (I—IV) og‘ir bosqichlari;

b) nurlanish oqibatida teri kuygan joylarida o‘zgarishlar va kasallikning I—IV og‘ir darajadagi xuruj qilgan bosqichi;

v) o‘tkir nurlanish kasalligining asoratlari:

astenik alomatlar, birinchi navbatda boshqaruv tizimiga kiruvchi nerv va qon tomirlari tizimlarining tez charchashi va funksional yetishmovchigi bilan;

asab va qon tomirlari tizimlarining organik shikastlanishi, miya va periferik qon aylanishining buzilishlari bilan;

tahlildagi qon ko‘rsatkichlarining turg‘un emasligi yaqqol ifodalangan tsitopenik ko‘rinishlar, ilikning giperplazik ko‘rsatkichlari bilan (leykotsitlar soni 3,0 x 10 dan kam, trombotsitlar soni 1,5 x 10 dan kam);

odam tanasidagi chuqur trofik, degenerativ va sklerotik o‘zgarishlar, keyinchalik paydo bo‘lgan radiatsion yaralar, og‘riq sindromi bilan; kontrakturalar va amputatsion nuqsonlar;

nurlanish kataraktasi III-bosqichi (ko‘rish ravshanligi yaxshi ko‘rayotgan ko‘zda 0, 1-0, 5).

13.2. Surunkali nurlanish kasalligi, uzoq muddat kechayotgan va II—IV og‘ir darajadagi bosqichlari (xuruj davri).

13. 3. Nurlanish ta’siri natijasida nurlanish oqibatlari (qon ishlab chiqaruvchi to‘qimalarda, suyak to‘qimalarida, o‘pkada, jigarda xavfli o‘smalar) paydo bo‘lishi.

Nurlanish kasalligi va nurlanish ta’siri ko‘rinishlari haqidagi tashxis tibbiyot radiologiyasi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

14. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS).

(OITS) ning quyidagi turg‘un klinik belgilari paydo bo‘lgan hollarda: VICh-kaxeksiya; pnevmotsist pnevmoniya (klinik); surunkali diareya; o‘pkadan tashqari kriptokokkoz; tsitomegalovirus infeksiya boshqa a’zolarni zararlanishi bilan (jigar, taloq va limfa tugunlarini zararlanishi bundan mustasno); oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalar, ichki a’zolar zararlanishi yoki teri va shilliq qavatlarini surunkali (1 oydan ortiq) zararlanishi; disseminirlangan endemik mikoz (gistoplazmos, koksidioidoz); qizilo‘ngach, traxeya, bronx va o‘pka kandidozi; atipik mikrobakteriyalar chaqirgan disseminirlangan infeksiyalar; salmonellez septitsemiya; o‘pkadan tashqari sil; limfoma; sarkoma Kaposhi, VICh-ensefalopatiya.

15. Moxov kasalligining hamma ko‘rinishlari.

16. Ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan tashxisi aniqlangan yoki aniqlanmagan kasalliklar, og‘ir asoratlari bilan:

Kasallik jarayoni kuchayib borib, o‘tkazilayotgan adekvat davo ta’sir qilmay, bemor holatining o‘ta og‘irligi, tananing bir yoki bir nechta a’zolarida qaytarib bo‘lmaydigan buzilishlar paydo bo‘lishi, kasallik oqibati noxushlikdan darak berishi bilan kechayotgan holatlar.

Bunday kasallik va uning asoratlarini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli Respublika ilmiy tekshirish instituti(markazi)ning xulosasi bo‘lishi shart.

Izoh: Sog‘liqni saqlash idoralari tibbiy muassasalarining barcha mas’ul rahbarlari kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklarni aniqlashda, davolashda, tashxis qo‘yishda, (pullik tekshirish va davolash muolajalari o‘rnatilgan tartibda to‘lanadi) bosh, yetakchi mutaxassislarning maslahat ko‘rigidan o‘tkazishda va sud hukmi bilan kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod etilgan og‘ir bemorlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi kasalxonalarga yotqizishda amaliy yordam berishlari shart.

Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish Qoidalariga


2-ILOVA


Yüklə 95,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin