sarkardasi Li Guan-li huzuriga borib, oqsoqollar yig‘inida bo‘lgan gaplarni unga
aytib, «arg‘umoqlardan tashqari farg‘onaliklar Xitoy armiyasini yetarli darajada
oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Agar bu shartlar qabul qilinmasa, dovonliklar barcha
arg‘umoqlarni o‘ldiradilar, shu orada qang‘uylardan kutilayotgan yordamchi kuch
ham yetib keladi» - deb Xitoy qo‘shinini qurshovda qolganligini bildiradi.
Shunday qilib, Qadimgi Farg‘onada mavjud bo‘lgan «arg‘umoqlar» (“samoviy
nasldor otlar”) hamisha xitoylik savdogarlar, harbiylarni o‘z e’tibori bilan lol
qoldirganligi ayon. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy hukmdorlari bir necha bor
bu davlatni bosib olmoqchi bo‘lsalar-da, biroq ularning harakatlari behuda ketadi.
Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo‘lga
kiritadilar, biroq aholining tazyiqi ostida o‘lpon va soliqlar evaziga uni tashlab chiqib
ketganlar. Ikkinchi bor yurishlarida xitoyliklar Ershi shahrini qamal qildilar,
shaharga keladigan suv yo‘llarini to‘sib qo‘yadilar. Dovon hukmdorlari qal’aga
bekinib oldilar va sulh to‘g‘risida muzokaralar boshlaydilar, nihoyat xitoyliklarga
samoviy otlardan berishga rozilik bildiriladi. Aks holda, barcha arg‘umoqlarni
qirg‘in qilmoqchi bo‘ladilar. Qang‘ davlatidan madad yetib kelishidan cho‘chib,
xitoyliklar sulhga rozi bo‘ladilar. Ular Ershiga kirmasdan zarur miqdordagi nasldor
otlardan tovon olib, vatanlariga qaytadilar.
Farg‘onaning dehqonchilik vohalarida aholining o‘troqlashuvi kuchayadi.
Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Kichik-kichik sug‘orish
kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi.
Sug‘orish texnikasi takomillashadi, sug‘orish tarmoqlari kegayadi. Hozirgi vaqtda
ham mavjud bo‘lgan yirik sug‘orish tarmoqlari tarkib topishiga o‘sha paytlardayoq
tamal toshi qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: