1. Sintaksisga kirish Dastur yaratish muhiti


- Misol: «Paskal uchburchagi»



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə18/34
tarix19.09.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#63802
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
1 kurslarga moljallangan Dasturlash 2 fanidan C Builder muhitida (2)

3 - Misol: «Paskal uchburchagi»

Dastur tasnifi


Paskal uchburchagi quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘ladi: birinchi qator birinchi pozitsiyalarda ikkita birdan tashkil topadi, har bir navbatdagisi esa birinchi pozitsiyada bir, boshqalarida esa oldingi qatordagi mazkur va oldingi pozitsiyalardagi elementlar yig‘indisi yordamida hisoblanadi. Oxirgi elementi ham bir bilan almashtiriladi. Shunday qilib quyidagi uchburchak hosil qilinadi

1 1
1 2 1


1 3 3 1
1 4 6 4 1
1 5 10 10 5 1

Paskal uchburchagi Nyuton binomi koeffitsientlarini oson hisoblashga yordam beradi. Chunki Paskal uchburchagi qatori Nyuton binomi yoyilmasining qator nomeriga mos koeffitsientlaridan tashkil topadi.


Vazifa: Yigirma beshinchi qatorgacha Paskal uchburchagi tuzilsin.


Muammolar


Mazkur dasturning bosh muammosi ekranga 25 ta qatorni chiqarish zaruratidan iborat. Ularning ba’zilarining uzunliklari juda katta bo‘ladi. Bu muammoni hal qilish uchun standart panelning Memo komponenti ishlatilgan. U ko‘p qatorli matn maydon bo‘lib, qo‘yilgan masala uchun eng muvofig‘i hisoblanadi.
Memo (Memo1->Lines->Add(AnsiString)) ob’yektiga tegishli Lines qism ob’yektining Add protsedurasi matn oxiriga ko‘rsatilgan qatorni qo‘shadi.

Zarur ko‘nikmalar


Bu dasturni yozish uchun massivlar bilan bir turidagi ma’lumotlar majmui kabi ishlashni bilish zarur. Undan tashqari qatorlar bilan ishlash va alohida tashkil etuvchilardan qatorlar hosil qilishni ham bilishi kerak.

Yechish

Shakl


Mazkur masalaning shakli o‘lchamlari oxirgi qator to‘liq sig‘adigan qilib tanlangan matn maydonli bitta Memo ob’yektidan va ikkita tugmachadan iborat. Bu tugmachalar oldingi misoldagi o‘xshash tugmachalarning vazifalarini bajaradi: «Stroka» tugmachasi dastur algoritmining bitta qadamini bajaradi, «Pusk/Pauza» tugmachasi esa taymer yordamida algoritmni bajarish uchun ishga tushiradi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin