1. Turli Li, K, Ba, Sr, Cu, Na metallarining xloridlari alangaga tutilganda öziga xos emissiya hosil qiladi. Ishning maqsadi



Yüklə 24,37 Kb.
səhifə2/3
tarix13.03.2023
ölçüsü24,37 Kb.
#87587
1   2   3
1-Lab. S.P.D.F

5-tajriba.Temirning passivligi. Keng probirkaga tutovchi nitrat kislota soling va unga yaxshilab tozalangan temir sim (yoki mix) botiring. 1-2 minutdan so’ng temirni ohistalik bilan, probirkaning devoriga tegizmasdan kislotadan oling va stakandagi suvda yuvib, mis kuporosi eritmasiga bir necha sekund solib quying. Temirni eritmadan olib, uning mis bilan qoplanmaganiga ishonch hosil qiling. Shundan keyin sim (yoki mix)ni yug’on shisha tayoqcha bilan uring va yana mis kuporosi eritmasiga botiring. Temirga mis qoplanib qolganini ko’rasiz. Temir konsentrlangan nitrat kislotaga botirilgandan so’ng nima uchun unda mis ajralib chiqmaganligini tushuntirib bering. Temirni shisha tayoqcha bilan urishning qanday ahamiyati bor?
6. Ca metalining KNO3 bilan reaksiyasi.
Bizga ma’lumki Ca metali kerosinda saqlanadi. Ayni kerosinda saqlangan Ca metalidan ma’lum miqdorda olamiz va kerosindan tozalash maqsadida gaz gorilkasida biroz qizdiramiz. Qizdirilgan Ca metalini chinni teglda 3-4 g o’lchab solingan KNO3 tuziga aralashtiramiz va yana gaz gorilkasiga qo’yamiz. Reaksiyani juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring chunki reaksiya kuchli chaqnash bilan amalga oshadi. Reaksiya tenglamalarini va tajriba xulosasini yozing.
7. Vodorod sulfidning olinishi.
Probirkaga 1-2 gramm temir sulfid soling va 5-8 ml 20% li xlorid kislota eritmasidan quying. Probirkani gaz chiqaruvchi nay 0‘tkazilgan tiqin bilan berkiting. Reaksiya tenglamasini yozing.
Vodorod sulfidning xossalari 1. Ajralib chiqayotgan gazning hidi qanday? Naydan chiqayotgan vodorod sulfidni yoqing. Alanga ustiga ho'llangan lakmus qog‘ozini tuting va uning rangini o‘zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. 2. Vodorod sulfid alangasiga tigelning sovuq qopqog‘ini tuting. Qopqoq yuzasida nima hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. 3. Bir nechta probirkaga bromli suv, kislotali muhitga ega bo‘lgan kaliy permanganat va kaliy bixromat eritmalaridan quying. Hamma probirkalarga vodorod sulfid gazini yuboring. Nima sodir bo'ladi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu hodisalar vodorod sulfidning qanday xossasini ko‘rsatadi? Vodorod sulfidning suvli eritmasini lakmus bilan sinab ko‘ring. Nima kuzatiladi? Darslikdan sulfid kislotaning dissotsilanish konstantasi bilan tanishing.

Yüklə 24,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin