1. Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. Fernan Magellan hayoti va sayohatlari



Yüklə 127,87 Kb.
səhifə3/4
tarix18.12.2023
ölçüsü127,87 Kb.
#183974
1   2   3   4
DUNYOGA MASHHUR SAYYOHLARNING TURIZMGA QO

Sayohat xronologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 3-avgust1492-yil — Kolumb Palos de la Fronterta shahri gavanidan kemalari bilan chiqdi.

  • 6-sentabr — „Pinta“dagi teshik tuzatilgach Gomer orolidan (Kanar orollari) gʻarbga tomon suzildi.

  • 16-sentabr — ekspeditsiya yoʻlida yashil suvoʻtlari paydo boʻla boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ular soni koʻpaya bordi. Bu gʻalati oʻtlar orasida kemalar uch hafta suzishdi. Bu Sargasso dengizining ochilishi edi.

  • 7-oktabr — „Yaponiyadan oʻtib ketdik“ deb oʻylagan kema jamoasining talabi bilan kemalar gʻarb-janub-gʻarbga qarab suza boshlaydi.

  • 12-oktabr — kechqurun soat ikkida „Pinta“ bortidagi matros yerni koʻrdi.

  • 13-oktabr — Kolumb qirgʻoqqa tushdi, unga Kastiliya bayrogʻini oʻrnatib orol Kastiliya mulkiga aylanganligi toʻgʻrisida akt tuzdi. Orolga San Salvador deb nom berildi. Ispanlar orolda mahalliy aholini koʻrishdi. Ular uch yuz yildan keyin yoʻq belib ketadigan arvaklar xalqi edi. Aravaklar yalangʻoch yurishardi, ularning badanlarida har xil naqshlar chizilgan edi. Ular dengizda qirq kishini sigʻdiradigan eshkakli qayiqlar orqali xarakatlanishardi. Aynan shu yerda mahalliy aholi Kolumbga „quruq barglar“ — tamakini sovgʻa qilishdi. Kolumb ularning baʼzilarida oltin boʻlaklarini koʻrib oltin qayerdan olinganligini bilishga xarakat qilgan va oltita aravakni asir qilib ularni yoʻl koʻrsatishga majburlagan. Ikki hafta davomida Kolumb yangi Bagam orollarini kash qilib, janubga qarab suzdi. Bu yerda aholi paxtadan tikilgan kiyimlar kiyib yurishardi. Ularning uylarida ispanlar birinchi marta gamakni koʻrishdi. Oʻsha yerliklardan ispanlar birinchi marta katta janubiy orol — Kuba haqida eshitishdi.

  • 28-oktabr, 1492-yil — Kolumb Kubaning shimoli-sharqidagi Bariey buhtasiga tushdi. Mahalliy aholi bilan suhbatlashgan Kolumb oʻzini Sharqiy Osiyo yarim orollaridan biriga yetdi deb oʻylagan. Lekin ispanlar na oltin, na ziravorlar, na katta shaharlarni koʻrmadilar. Hindularning uylari daraxt shohlaridan qilingan boʻlib, ularning oʻzlari paxtakartoshkatamaki va makkajoʻxori yetishtirishardi. Xitoyning eng qambagʻal qismiga yetdim deb oʻylagan Kolumb, sharqqa, oʻzining taxmini boʻyicha boy Yaponiya tomonga qarab burildi.

  • 13-noyabr, 1492-yil — hindular oltinga boy orol haqida eshitgan Kolumb sharqga qarab suzdi.

  • 20-noyabr, 1492-yil — „Pinta“ yoʻqoladi. Qolgan ikki kema Kubaning sharqiy nuqtasi Maysa burniga yetgunga qadar sharqqa qarab suzishdi.

  • 6-dekabr, 1492-yil — Gaiti oroli kashf etildi. Orol vodiylari Kastiliyaga oʻxshaganligi sababli, Kolumb uni Espanyola deb ataydi. Shimoliy qirgʻoq boʻylan suzgan ispanlar Tortuga orolini ochishdi.

Kolumb kashf etilgan yerni ispan qiroli mulki deb eʼlon qilayapti.

  • 25-dekabr, 1492-yil — „Santa Mariya“ rifga oʻtirdi. Mahalliy xalq yordamida kemadan zambaraklar va boshqa narsalar olindi. Kema yogʻochlaridan Gaiti orolida La Navidad (Rojjdestvo) deb nomlangan fort qurildi. Kolumb bu yerda 39 dengizchi, „Santa Mariya“ zambaraklari va bir yillik oziq-ovqat qoldirib, 1493-yil 4-yanvarda oʻzi bilan bir necha orolliklarni olib „Ninya“da dengizga chiqdi.

  • 6-yanvar, 1493-yil — Espanyolaning shimoliy qirgʻogʻida „Ninya“ „Pinta“ bilan koʻrishdi.

  • 16-yanvar — ikki kema Ispaniyaga yoʻlga tushishdi.

  • 12-fevral — toʻfin koʻtarilib, 14-fevralda kemalar bir-birlarini yoʻqotishdi.

  • 15-fevral — toʻfon toʻhtaydi va 18-fevralda „Ninya“ Santa Mariya (Azor orollari) deb nomlangan orolga yetadi.

  • 9-mart — „Ninya“ Lissabonda langar tashlaydi. Juan II Kolumbni juda yaxshi kutib oladi.

  • 15-mart — „Ninya“ Ispaniyaga qaytadi. Huddi shu kuni u yerga „Pinta“ yetib keladi. Kolumb oʻzi bilan hindular, ozgina oltin, Yevropa avval koʻrilmagan oʻsimliklar va qushlarni olib keladi.

2-ekspeditsiyasida (1493-96) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik ekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka orollarini, Kubaning janubiy qirgʻoqlari boʻylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining janubiy sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.
3-ekspeditsiyasida (1498-1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib oʻtib, Trinidad o.ni kashf etdi. Janubiy tomondan Pariya qoʻltigʻiga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarim orolgacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti o.ga oʻtdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi.
4-ekspeditsiyasida (1502-04) K. 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qoʻltigʻiga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, oʻsha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi boʻlib Amerikani ochganligi toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda quruklik boʻlishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qitʼasi geogr. faniga maʼlum boʻldi.
Kolumb maʼlum tadqiqotchilar orasida birinchi boʻlib Atlantika okeanini shimoliy yarimsharning subtropik va tropik chiziqlarida kesib oʻtgan va Karib dengizida suzgan birinchi yevropalik sanaladi. U Janubiy va Markaziy Amerikadagi tadqiqotlarga asos solgan. U Katta Antil orollarining barchasini, Bagam orollarining markaziy qismini, Kichik Antil orollarini, Karib dengizidagi koʻplab kichik orollarni va Janubiy Amerika qirgʻogʻidagi Trinidadni ochgan.
Kolumbning Amerikaga birinchi boʻlib Amerikaga borgan Yevropaligi baʼzi bahslarga sabab boʻladi. Chunki uzoq XI-asrlardayoq Leyf Eriksson boshchiligidagi vikinglar Kanadaga ekspeditsiya uyushtirishgan. Lekin Kolumbning sayohatlari bir necha asrlar davom etgan Amerika Yevropaliklar tomonidan egallanishiga sabab boʻlgan. Kolumbning oʻzining sayohatlarini birinchi navbatda nasroniylikning tarqatilishi deb hisoblagan[
Yevropaliklarga maʼlum boʻlmagan qitʼani ochganini bilmagan Kolumb oʻzi yetib borgan joylarni Sharqiy Hindiston deb oʻylab mahalalliy hindularni indios (ispancha „Hindlar“) deb atagan..
1492-1504-yillar orasida Xristofor Kolumb ispan qiroli buyrugʻiga binoan toʻrtta tadqiqot ekspeditsiyalarini uyushtiradi. Bu ekspeditsiyalar voqealarini u kema jurnalida yozib boradi. Afsuski, bu jurnal saqlanib qolmagan, lekin Bartolomeo de la Kasas bu jurnalning qisman nusxasini koʻchirganligi sababli bu ekspeditsiyalar tafsiloti bizgacha yetib kelgan.


Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay (1846-1888) – mashhur rus sayyohi, etnografi, antropologi, biologi va geografi bo’lib, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniyaning tub aholisini, shu jumladan, Yangi Gvineya orolidagi papuaslar hayotini chuqur o’rgangan olim. 160 dan ortiq ilmiy asarlarning muallifi. Mustamlakachilik va irqchilikka qarshi kurashgan, o’z tadqiqotlarida barcha irq vakillarining aqliy darajasi bir xil ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab bergan. Mikluxo-Maklay 1846 yil 5 iyulda Novgorod guberniyasining Borovichi shahri yaqinidagi Rojdestvenskoye qishlog’ida tug’ilgan. Sayyohning familiyasi Mikluxa va unga Maklay qo’shimchasi uning Yangi Gvineyaga qilgan safarlaridan keyin qo’shilgan. Dastlab Peterburgdagi maktabda, so’ng gimnaziyada o’qigan Mikluxo-Maklay 1863 yilda 17 yoshida Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar bo’limiga “erkin tinglovchi” sifatida qabul qilingan. Ammo o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmaganligi uchun bir yildan keyin uni universitet talabalari safidan chiqarishdi. Shundan so’ng Mikluxo-Maklay o’qishni chet elda davom ettirdi. Tabiiy-tarixiy sohadagi ta’lim olish jarayonini tugatgan Mikluxo-Maklay hayotning kelib chiqishi, turlarning rivojlanishi, organik dunyoning evolyutsiyasi kabi keng miqyosdagi ilmiy muammolar bilan mashg’ul bo’lishni rejalashtirgan edi. U 1866 yili E. Gekkel bilan hamkorlikda Kanar orollariga o’zining birinchi sayohatini amalga oshirgan. 1869 yilda Qizil dengizga sayohat qilgan Mikluxo-Maklay juda boy va qimmatli ilmiy material to’plashga muvaffaq bo’ldi. Mahalliy aholi tomonidan ta’qib qilinishdan saqlanish uchun Mikluxo-Maklay sochini ustarada qirdirib, yuzini bo’yagan, arabcha kiyim kiyib, mahalliy til va islom dinining ba’zi qoidalarini o’zlashtirgan. 1869 yilda Mikluxo-Maklay Peterburgdagi Fanlar Akademiyasida iliq kutib olingan. Rus geografiya jamiyatida Qizil dengiz faunasi, qirg’oqlari tuzilishi va aholisining turmush tarzi, urf-odatlari to’g’risida ma’ruza qilgan. Xuddi shu paytdan boshlab olimda bundan ham kattaroq hududlarni tadqiq qilish uchun Tinch okean orollariga sayohat qilish va ibtidoiy odamlar turmush tarzi, xarakteri va aqliy darajasi bilan tanishish rejasi paydo bo’lgan. Mazkur rejani amalga oshirish maqsadida 1870 yilning 27 oktyabrida “Vityaz” nomli rus harbiy kemasida Yer shari bo’ylab aylanma sayohatga chiqqan Mikluxo-Maklay safarini Kronshtatidan boshladi. Kema yo’nalishining Janubiy Amerikaning janubidagi Magellan bo’g’ozi orqali o’tishi Mikluxo-Maklayga Atlantika va Tinch okeanlarining turli qismlarida ilmiy kuzatishlar olib borish imkonini bergan. 1871 yil sentyabrda Maklay umumiy maydoni 785 ming kv.km bo’lgan Yangi Gvineya orolining shimoli-sharqiy qirg’og’idagi Astrolyabiya buxtasiga kelib tushib, ikki hamrohi bilan chaylada yashay boshlagan. Olim birinchi bor kelib tushgan ushbu qirg’oq rus tilidagi manbalarda Maklay qirg’og’i, deb ataladi. Buyuk olim va sayyoh tavalludining 150 yilligi munosabati bilan BMT ning ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo’yicha tashkiloti (YuNESKO) 1996 yilda Mikluxo-Maklayni “Dunyo fuqarosi”, deb e’lon qilgan.

Yüklə 127,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin