Mukammal diz’yunktiv va kon’yunktiv normal shakllar.
Rele kontakt sxemalari.
REJA:
Normal shakllar.
Mukammal normal shakllar.
Rele kontakt sxemalari.
Ikkilik mantiqiy elementlar.
Normal shakllar.
Normal shakllar.
Har bir fikr algebrasi formulasi uchun unga teng kuchli bo‘lgan va faqatgina inkor ⌐, kon’yunksiya &, diz’yunksiya \/ amallarini o‘z ichiga olgan formulani keltirish mumkin. Buning uchun implikasiya va ekvivalensiyadan qutulish qoidalaridan foydalanish kifoya.
Ta’rif 1. A1, A2, …, An fikr o‘zgaruvchilarining kon’yunktiv bir hadi deb, ushbu o‘zgaruvchilar yoki ularning teskarilarining kon’yunksiyasiga aytiladi.
Masalan: ⌐A1&A2&A3 , ⌐A1&A2&A3&⌐A4
Ta’rif 2. A1, A2, …, An fikr o‘zgaruvchilarining diz’yunktiv bir hadi deb, ushbu o‘zgaruvchilarning yoki ularning teskarilarining diz’yunksiyasiga aytiladi.