2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari



Yüklə 384,96 Kb.
səhifə14/22
tarix07.01.2024
ölçüsü384,96 Kb.
#212174
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining as

Kitob ko’rgazmalari – bu kutubxonada va undan tashqarida ham tashkil etilishi mumkin bo’lgan reklama usulidir. Reklamani bu turi ko’prok jamoat joylarida tashkil etiladi, biron bir mavzuga, sanaga ѐki shaxsga bag’ishlangan bo’lishi mumkin.
Bukletlarmaxsus nashr hisoblanib, ular biror firma ѐki tashkilotlarga bag’ishlangan alohida nashr turidir. Mazkur nashr turida reklama matnlari bilan bir qatorda fotosuratlar, reklama qilinaѐtgan kutubxona ѐki tashkilotning asosiy faoliyat yo’nalishlari, qisqacha tarixi, homiylari, istiqbol rejalari aks etadi. Rivojlangan mamlakatlarda bukletlardan reklama maqsadida foydalanish tadbirkor kishilarning asosiy vositalariga aylangan.
Reklama varaqalari- ular odatda bir varaq qog’ozga, bir xil rangda ѐki tasvirli qog’ozlarga tushiriladi. Unda faqat matn materiallari va tasviriy materiallar berilishi mumkin. Bu usuldan ko’proq ko’rgazma, yarmarka, kinofestivallar o’tkazilganda tomoshabinlarni diqqatini tortish maqsadida foydalaniladi.
Bosma kataloglar –Kutubxonaning reklama ishida alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi nashr etilgan adabiѐtlar ro’yxatlari keyingi vaqtlarda alohida katalog jurnallari sifatida aks etmokda. Bunda iste’molchi o’ziga ma’qul bo’lgan ѐki ehtiѐjidan kelib chikkan xolda adabiѐt tanlash huquqiga ega bo’ladi. Shu bilan birga, bosma katalogda kitobning shifri bo’lganligi sababli, zudlik bilan buyurtma berish imkoniyati yaratiladi.
Kitob sharxlari- bu usul kitobxonlar guruhiga mo’ljallab tuziladi. Kitob sharxlari ham ma’lum bir mavzuga, shaxsga ѐki biron bir sanaga shu bilan birga yangi chop etilgan adabiѐtlar buyicha o’tkazilishi mumkin. Bu usul orqali adabiѐtlar reklama qilinishi bilan birga, kutubxona faoliyati ham reklama qilinadi.
Bibliografik ro’yxatlar- ma’lum bir sohalarga, mavzularga ѐki kitobxonlar guruhining ehtiѐjlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Yuqorida qayd etib o’tilgan barcha reklama usullarida kutubxonadagi mavjud xizmatlar, intellektual mahsulotlar, kutubxonaning resurslari va potentsial imkoniyatlari ham targ’ib qilinishi shart.

Yüklə 384,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin