Mahsulot sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming so’mda)
№ p/p
|
Ko’rsatkich
|
Shartli belgi
|
Hisobot yili
|
Rejadan og’ish
|
Sotish hajmiga ta’sir
|
Reja.
|
Haq.
|
1.
|
Yil boshida tayyor mahsulot qoldig’i
|
Qb
|
16166
|
25352
|
+9186
|
+9186
|
2.
|
Tovar mahsulot ishlab chiqarish
|
T
|
268682
|
281126
|
+12444
|
+12444
|
3.
|
Yil oxirida tayyor mahsulot qoldig’i
|
Qo
|
24394
|
26098
|
+1704
|
-1704
|
4.
|
Mahsulot sotish (moddalar:1+2-3)
|
R
|
260454
|
280380
|
+19926
|
X
|
Bizning misolimizda mahsulot sotish rejasi 19926 ming so’mga yoki 7,6% ziyod bajarilgan (19926 *100 : 260454). Ulardan 9186 ming so’m yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldiqlari ortishi ulushiga to’g’ri keladi. Tovar mahsulotlarni rejadan tashqari ishlab chiqarish 12444 ming so’mni tashkil qiladi va sotish ham xuddi shu miqdorga ortgan. Biroq tayyor mahsulot qoldiqlarining rejadan tashqari o’sishi yil oxirida sotish hajmining 1704 ming so’mga kamayishiga olib keldi.
5.7-jadval
Sotish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili natijalarini umumlashtirish
№ p/p
|
Omillar
|
Summa, ming so’m
|
Rejaga nisbatan foizda
|
1.
|
Yil boshi uchun tayyor mahsulot qoldig’ining ortishi
|
+9186
|
+3,5
|
2.
|
Tovar mahsulotni rejadan tashqari ishlab chiqarish
|
+12444
|
+4,7
|
3.
|
Yil oxiri uchun tayyor mahsulot qoldig’ining ortishi
|
-1704
|
-0,6
|
∑
|
Jami
|
+19926
|
+7,6
|
Hisoblashni tekshirish:
+9186 +12444 -1704= +19926 ming so’m.
+3,5 +4,7 -0,6 = +7,6%
Tahlil jarayonida omborlarda rejadan tashqari qoldiqlar vujudga kelishi, xaridorlar tomonidan mahsulotlar uchun o’z vaqtida to’lovlar amalga oshirilmasligining sabablarini aniqlash va mahsulot sotish hamda tushum olishni jadallashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.
9. Mahsulotlar etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlari tahlili
Etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini hisobga olgan holda sotish ko’rsatkichlarini amaliyotda qo’llash juda muhim ahamiyatga ega, chunki korxona rahbariyatining ishlab chiqarilayotgan mahsulotning natural-moddiy tarkibi va uning xaridorlar bilan shartnomalarda nazarda tutilgan talablarga mutanosibligiga e’tiborini kuchaytiradi. Pul muomalasini tartibga solish uchun mahsulot sotishdan tushumlar miqdorini ham bilish lozim.
Mazkur ko’rsatkich bo’yicha reja bajarilishini baholashga o’tishdan avval umumiy miqdor va mahsulotlar assortimenti bo’yicha sotish rejasining yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari hamda tovar mahsulotlar ishlab chiqarish rejasi bilan muvofiqligini, shuningdek, rejaviy sotish hajmining xaridorlar bilan shartnomalar orqali ta’minlanganligini tekshirish zarur. Amaliyotda shartonmalarning umumiy summasi sotish rejasidan kam bo’lgan, ya’ni rejalashtirilayotgan sotish ta’minlanmagan holat uchrab turadi. Mahsulotlarning rejalashtirilgan natural-moddiy tarkibi bilan shartnomalar va ularga ilova qilingan spetsifikatsiyalarda qayd qilingan xaridorlar buyurtmalari o’rtasida tafovut undan ham ko’proq kuzatiladi.
Bundan tashqari, yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari sotshini rejalashtirishda taxminan hisoblanadi, chunki yil boshi uchun ushbu qoldiqlar haqida hisobot ma’lumotlari mavjud bo’lmaydi (kelgusi yil rejasi hisobot yili yakunlangunga qadar ishlab chiqiladi). Shu sababli mahsulotlarning rejaviy balansi real bo’lmasligi mumkin. Yil boshi uchun balans bo’yicha sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlarini aniqlash uchun ularning sotish hajmining rejaviy hisoblashlari uchun qabul qilingan miqdori bilan taqqoslanadi. Tekshirish natijalari bo’yicha zaruratga ko’ra sotishning rejalashtirilgan umumiy hajmiga o’zgartirishlar kiritiladi.
Mahsulotning natural-moddiy tarkibi bo’yicha xaridorlar bilan shartnomalarga sotish rejasi mutanosibligiga oid yanada batafsil tahlil rejalashtirilgan ishlab chiqarish assortimenti va yil boshi va oxiri uchun sotilmay qolgan tayyor mahsulot qoldiqlari haqida ma’lumotlar jalb qilinishini taqozo etadi.
Sotish rejasi asoslanganligi va realligi tekshirilgandan so’ng uning bajarilishini baholashga o’tish talab qilinadi.
Mahsulotlar etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi quydagi formula bo’yicha aniqlanadi (foizlarda):
Kn = ( - Nn) : * 100% ,
Bu erda Kn – shartnoma majburiyatlari rejasi bajarilishining izlanayotgan foizi, %;
– tuzilgan shartnomalar uchun rejaviy mahsulot hajmi, ming so’m;
Nn – shartnomalar bo’yicha etkazib berilmagan mahsulot, ming so’m.
5.8-jadval
Dostları ilə paylaş: |