2-Мавзу: Юридик шахсларни соликка тортиш тизими


Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug’urta badallarini hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə54/67
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#123058
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
Mm Soliq va soliqqa tortish

Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun sug’urta badallarini hisoblab chiqarish va to’lashning o’ziga xos xususiyatlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sug’urta badallarini majburiy tartibda oyiga eng kam ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda to’laydi. Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari sug’urta badallarini oyiga eng kam ish haqining 4,5 barovaridan kam bo’lmagan miqdorda to’laydi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda to’zilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari uchun sug’urta badali miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50%ini tashkil etishi kerak.
Sug’urta badallarini yakka tartibdagi tadbirkorlar har oyda oyning 25 kunidan, yuridik shaxs tashkil etgan va etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari-hisobot yilining 1-oktyabridan kechiktirmay to’lashi kerak.
To’lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to’lovchining identifikasiya raqami va
to’lov to’lanayotgan davr albatta ko’rsatilishi kerak. Agar davr ko’rsatilmagan bo’lsa , to’lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to’langan deb hisoblanadi.


    1. 5.2. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar


O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari tashqari
Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi “ O’zbekiston Respublikasi pensiya ta’minotini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida” gi 444-sonli qarori bilan soliqlarga tenglashtirilgan. Ushbu jamg’armaga mablag’larni to’plash va ularning tushishi ustidan nazorat qilish funksiyasi O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Majburiy ajratma to’lovchilari
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar bo’lib,
asosan O’zbekiston Respublikasining rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lib hisoblanmaydi:

  1. notijorat tashkilotlar (bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno);

  2. yagona soliq to’lovini to’lovchi yuridik shaxslar.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin