Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o`ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
«Klaster» metodi aniq ob’ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi.
Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi.
Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
MOD
DA
Ishlatilishi
Allotropi yasi
Olinishi
Tabiatda uchrashi
Xossalari
Oksidlanish darajasi
KLASTER metodini kimyo darslarini deyarli barchasida qo`llash mumkin.
“Venn diagrammasi”
“Venn diagrammasi”
grafik organayzeri. U o`quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar asosida mavzuning umumiy mohiyatini o`zlashtirish (sintezlash) ko`nikmalarini hosil qilishga yo`naltiriladi.
Grafik organayzer kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo`yicha amalga oshiriladi.
Diagramma o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilgan o`zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi.
Undan muayyan bo`lim yoki boblar bo`yicha yakuniy mashg`ulotlarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
Alkenlar
Alkanlar
VENN DIAGRAMMASIdan darsning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin