3-Mavzu: Menejmentning asosiy funksiyalari. Reja


To’rtinchi guruh maqsadlar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/7
tarix26.07.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62894
1   2   3   4   5   6   7
3-Mavzu Menejmentning asosiy funksiyalari. Reja

To’rtinchi guruh maqsadlar – bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzoq muddatli reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi.
  • Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog’liq bo’ladi.
  • Shu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi.
  • Xodim maqsadi yuqori bug’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga mos bo’lishi kerak. Obrazli qilib aytganda ayrim zodimlarning maqsadlari yuqori pog’onadagi maqsadlar qanoti ostida bo’lishi kerak.
  • Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi:
  • - xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi kerak, undan oshmasligi kerak. Agar ularning soni bundan oshsa, kutgan natijaga erishish qiyinlashadi, oqibatda korxonaning umumiy maqsadigatputur yetkazishi mumkin;
  • - yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
  • - rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak.
    • Agar maqsad murakkab va ustiga-ustak amalga oshishi gumon bo’lsa, unda boshqarish ijobiy natijalarga erishishdan mahrum bo’ladi.
    • Har qanday maqsadning samaradorligi erishilgan natijaga to’g’ri baho berilishiga va uni rag’batlantirish darajasiga bog’liq.
    • Agar erishilgan natijaga adolat yuzasidan baho berish va uni tegishli ravishda rag’batlantirish odat tusiga kirgan bo’lsa, u xolda bu korxonada o’rnatilgan boshqarish usuli ravnaq topib boraveradi.
    • Maqsadga quyidagi sifatlar xos:
    • - tobe bo’lishlik;
    • - yoyib bo’lishlik;
    • - o’zaro munosabatda bo’lishlik.
    • Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbol maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushiniladi.
    1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin