3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


 Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari



Yüklə 185,82 Kb.
səhifə34/35
tarix19.10.2023
ölçüsü185,82 Kb.
#157345
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja-hozir

4. Metodlarning tasnifi: fan va falsafa metodlari. 



Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday


shakli kabi ma’nolarni anglatadi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va
usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat
turi haqidagi ta’limotdir.
Metod muammosi doimo falsafiy va ilmiy olamning diqqat markazida bo‘lgan.
Ayniqsa, hozirgi davrda metodologiyadan turli yo‘nalish va oqimlar, jumladan,
fan, falsafa, fenomenologiya, strukturalizm va poststrukturalizm, postpozitivizm va
shu kabilarda keng ko‘lamda foydalanilmokda. Ijtimoiy metodologiya hozirgi
zamon germenevtikasida mavzularni tahlil qilish nazariyasi va falsafiy
konsepsiyalarni o‘rganishda qo‘llanilmoqsa.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim
mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni
aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari
yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va
oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.
Har qanday metod ma’lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z
navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida
uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy, tadqiqot, izohlash,
shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va
son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud.
Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U
metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.Usullarni tanlash va turli
metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan
vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy
faoliyat bilan bog‘liq.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga
bo‘linadi:
1.Falsafa metodlari.
Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va
amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati,
degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va
usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va
hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va
rivojlanishda, deb tushuniladir. Umuman olganda, dialektik metodga ko‘ra, agar
ob’ektiv olamda doimiy rivojlanish, paydo bo‘lish va yo‘qolish, hodisalarning
o‘zaro bir-biriga o‘tishi bo‘lar ekan, unda tushuncha, kategoriya va tafakkurning
mavjud shakllari, harakatchan, o‘zaro bog‘liqlikda, ziddiyatlar birligida bo‘lib,
rivojlanuvchi real haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun



dialektikaning asosiy tamoyili tarixiylik bo‘lib, u predmetning doimiy


rivojlanishda, o‘zgarishda va harakatdaligini ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniq tizim bo‘lib, bir-biri bilan uzviy
bog‘liq predmetlar xilma-xilligi yagonalikda, bir-biri bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro
uzviy bog‘liqliqda namoyon bo‘ladi. Shunga mos ravishda dialektikaning yana bir
tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar
mujassamligini tadqiq qilgandagina, to‘g‘ri tushunish mumkin.
"Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu
so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari
sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi.
Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika
olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida
nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan
usuldir. Bu usul qo‘llanganida olamning namoyon bo‘lish shakllari hamda ular
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e’tibor
beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida o‘rganish
nihoyatda kiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari
uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar.
Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va
falsafiy tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning
tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud
tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay
qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko‘tarish ham
maqsadga muvofiq emas.
Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi Yunonistonda
mil. av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir
yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. Sofistika namoyandalari Pratagor, Gorgiy,
Gippiy, Antifont va boshqalardir.
Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan narsani isbotlash uchun
foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi "sopism"
so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish
orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’no-mazmunga
erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Bu usul qullanilganda fikrning mazmuni ko‘chma
ma’noda bayon qilinadi, ya’ni "Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit ",
deganga o‘xshash holat nazarda tutiladi.
Sofizm — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza
bo‘lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin.
Masalan: “Aristotelning yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga
aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang, seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang —
Xudolar yomon ko‘radi” - degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik ayolga shunday rad
javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to‘g‘ri
so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistikaga faqat salbiy munosabatda bo‘lish noo‘rindir. Shu ma’noda, sofistika
insoniyat tafakkurining umumiy taraqqiyotida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.



Eklektika – hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid


dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U narsa va
hodisalarning ikkinchi darajali belgi xususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali
noto‘g‘ri bilim hosil qiladi.
Metodologik usul sifatida eklektika hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda,
ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar,
ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va
Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu
undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir
butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmoqda.
Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir
kabi ma’nolarni anglatadi.
Sinergetika — olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan
tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga
asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan
va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi
o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb
hisoblovchilar ham yo‘q emas.
2. Umumilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodlari ular falsafa bilan maxsus
fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq
metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha
«axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik»,
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Xususiy ilmiy metodlar–materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan
muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va
tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar
fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fan metodlari–ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda
vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir
fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.
Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga
kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar
kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Metodologiyaga faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa
vositalarni ham o‘rganish xos. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek,
kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi.
Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning
o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb
nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies» tushunchalari
an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi



mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichining


o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Kumatoidning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u zamon va makonda
mahalliylashishga befarq bo‘libgina qolmay, substrat–o‘zini tashkil etuvchi
materialga ham qattiq bog‘lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas.
Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud
emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo‘nalishi yoxud xulq-atvor tarziga
bog‘liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki
bunday xususiyatlar to‘plami bilan aniq identifikatsiya qilish mumkin emas. Butun
ijtimoiy hayot suzuvchi ob’ektlar–kumatoidlar bilan to‘lib-toshgan.
«Case studies» tipiga mansub, ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon
metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo
tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub’ektlarni,
mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi.
Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni
shartlarning pirovard to‘plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida
shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.

Yüklə 185,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin