4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə18/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
M4-5

Ko’rt=Kyb+(Kk*p1/12)-(Kch*p2/12)

Bu yerda: Ko’rt . -korxonaning o’rta yillik quvvati;


Kyb -yil boshidagi quvvat (kiruvchi);
Kk -yil davomida kiritiluvchi quvvat;
Kch -yil davomida chiqariluvchi quvvat;
P1 va p2 - quvvat kiritilgan va chiqarilgan vaqtdan boshlab yil oxirigacha to’la oylar soni.

Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanishning halq xo’jaligidagi mohiyatining bahosi beqiyos. Bu vazifani bajarish, jamiyat uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqishni ko’paytirish, yaratilgan ishlab chiqarish potentsialining qaytimini (otdachi) oshirish va aholi talabini to’laroq qondirish, jihozlar balansini yaxshilash, mahsulot tannarxini tushirish, ishlab chiqarish rentabelligi korxona jamg’ armasi o’sishi demakdir.


Asosiy fondlarning va ishlab chiqarish quvvatining muvoffaqiyatli ishlashi ulardan foydalanishni yaxshilash ekstensiv va intensiv omillar qanchaga to’la bajarilishiga bog’liq. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan ekstensiv foydalanishni yaxshilash bir tomondan taqvim davr ichida, harakatda bo’lgan jihozlarning ish vaqti oshadi, ikkinchi tomondan esa – korxonada mavjud hamma jihozlarning tarkibidagi ishlab turgan jihozlar salmog’i ko’tariladi. Asosiy fondlarni va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilashning ekstensiv yo’li hozircha to’la ishlatilmagan bo’lsa ham, u o’zining chegarasiga ega. Intensiv yo’lining imkoniyati ancha keng. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni intensiv yaxshilash, vaqt birligida jihozlarni ish bilan yuklash darajasini oshirish belgilaydi. Jihozlarni intensiv ish bilan yuklashni oshirish harakatdagi (ishlab turgan) mashinalar va mexanizmlarni modernizatsiyalash, ularga optimal ish rejimi o’rnatish bilan erishish mumkin.
Hozirgi sharoitda asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini ko’tarishga ta’sir ko’rsatuvchi yana bir omil paydo bo’ldi. Bu xo’jalik yuritishning hissadorlik shaklining va korxonalarni xususiyalashtirishning rivojlantirishidir. Har ikkala voqeada ham, mehnat jamoasi (kollektivi) asosiy fondlarning egasi bo’ladi, ishlab chiqarish vositalarini real boshqarish imkoniga ega bo’ladi, asosiy fondlar ishlab chiqarish tarkibini mustaqil shakllantira oladi, maqsadli investitsiyalashni oshirishga imkon beradigan korxona foydasidan mustaqil foydalana oladi.

Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin