Idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o’ziga nisbatan soddaroq bo’lgan sezgi jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini sezamiz, ya‘ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta‘minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar.

Idrok qilish qonunlari Shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo’lgan bir nechta qonuniyatlar psixolog olimlarning yozgan ilmiy adabiyotlarda keltirilgan, biz ularning ayrimlarini belgilaymiz: A. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog„liqligi qonuni. Bu qonunning ma‘nosi: odam ilgarigi tajribasida bo’lgan, bevosita to’qnash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi.

Demak, idrokimizning konstantligi, ya‘ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o’zgartirmay, turg’un xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to’g’ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta‘minlaydi.