7-mavzu: Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Reja


“Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasi”



Yüklə 27,23 Kb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü27,23 Kb.
#161585
1   2   3   4
7-мавзу маъруза (2)

“Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontseptsiyasi” asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanishi, bu borada kuch va mablag'ni sira ayamasligimiz kerak. Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlar qanday qilib, nimaning hisobiga jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirdi? Vaholanki, bu davlatlarning tabiiy qazilma boyliklari deyarli yo'q. Barcha xom-ashyoni xorijdan sotib oladi. Demak, avvalo, yoshlar qalbida ulug' Vatanimizga, milliy g'oyamiz, ma'naviyatimiz, milliy qadriyat va boy merosimiz, ona tilimiz, davlat ramzlarimizga nisbatan buyuk muhabbatni shakllantirishimiz zarur. Toki, vatanimizning ertangi kelajagi bo'lgan har bir yosh yigit-qiz bu ulug' tushunchalarni mustaqillikni asraganday asray bilsin! Yoshlar buyuk qadriyatlarning himoyachisiga aylanishi kerak! Biz bugungi kunda farzandlarimiz tarbiyasi, yoshlar kamoloti yo'lida juda ko'p ishlarni amalga oshiryapmiz. Lekin natija va samara hali qoniqarli emas. Tahlillarga ko'ra, 60 foizdan ziyod ota-onalar farzandlariga etarli darajada to'g'ri tarbiya berishni bilmaydi. Ba'zi maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarida esa tarbiya masalasiga e'tibor hamon past darajada qolmoqda. Ma'lumki, inson ma'naviyati o'zgarib turadi. Shunday ekan, ma'naviyat ishi biz uchun har kuni, har soatda, kerak bo'lsa, har nafasda shug'ullanishimiz lozim bo'lgan hayotiy muhim masalaga aylanishi kerak. Bu sohada kichkina, arzimagan ishdek tuyulgan holat ham ertaga katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma'naviyat sohasida biror bir ishni qilib bo'ldim, deb xotirjamlikka berilish yaramaydi. Mana shuni hammamiz yaxshi anglab olishimiz kerak.
Yüklə 27,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin