•
Jadvalda ishlamayotgan biror narsa bormi?
•
Siz foydalanishni osonlashtira olasizmi?
•
Qo‘shimcha funksiyalarni qo‘sha olasizmi?
•
Ushbu jadvalni yanada yaxshiroq yaratsa bo‘larmidi?
9-amaliy ko‘nikma
87
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
2.
Agar ikkita ustun bir-birining yonida bo‘lmasa, ulardan birini ajratib belgilang. Keyin
klaviaturada Ctrl tugmachasini bosib, ikkinchisini belgilang.
3.
Menyu qatoridan
Insert
bo‘limini oching.
4.
Menyudagi variantlar orasidan grafiklarning birini tanlang.
5.
Grafik sarlavhasini bosish orqali uni o‘zgartirishingiz mumkin. Sarlavha grafikda nima
tasvirlanganini ta’riflashi kerak.
6.
O‘ng tomondagi funksiyalardan foydalanib grafikni o‘zgartirishingiz mumkin:
•
+ belgisi o‘q sarlavhalarini qo‘shishga imkon beradi.
•
bo‘yoq cho’tkasi belgisi grafik uslubini tahrirlashga imkon beradi.
88
9.1-mashg‘ulot
Ultimate League elektron jadvalingizni oching.
1.
J1 katakka yorliqni kiriting: “Jamoalar soni”.
2.
K1 katagiga yorliq kiriting: “Foyda”.
3.
J2 - J5 katakchalarga 250, 300, 350 va 400 kabi to’rt xil jamoalar sonini kiriting. Har bir
qatorga bittadan raqam qo‘ying.
4.
Elektron jadval modeliga jamoalar sonini kiriting. Endi K ustuniga har bir jamoa raqami
keltirib chiqqan pul miqdorini kiriting.
Grafikning bir qismining formatini o‘zgartirish uchun o‘sha qism ustiga bosib, menyuda
Format
bo‘limi tanlanadi. Bu yerdan siz to‘ldirish rangi va kontur kabi narsalarni o‘zgartirishingiz mumkin.
|