8 Ma'ruza. Tarmoq bog'lanishlari: “Kliyent- server” dasturlash modeli. Reja


Servislarni ta'minlash va tarmoqni tashkil etish



Yüklə 229,71 Kb.
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü229,71 Kb.
#162412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Servislarni ta'minlash va tarmoqni tashkil etish.
Bunday ishlash zaruriyati yuqori bo'lmagan xabarlar etkazilishida qo'llaniladi (misol uchun, elektron xat, matnli xujjat, fayl) va oraliq "saqlash bilan uzatish" (store— and-forward) usuli nomini olgan. Hozirgi kunda xabarlar kommutasiyasi, asosan, paketli kommutasiya tarmoqlarida qo'llanish pog'onasi xizmati sifatida faqat ba'zi tezkor bo'lmagan xizmatlar tashkil etishda qo'llaniladi.
Deytagrammali tartib. Deytagrammali tartibda axborotlar deytagrammalarga bo'linadi. Deytagramma-kommutasiya paketlari bilan hisoblash tarmoqlaridagi bir xil axborotning boshqa qismlariga bog'liq bo'lmagan holda uzatiladigan ma'lumot qismidir. Ma'lumotlarni deytagrammali tartibda uzatish tezroq amalga oshiriladi, chunki virtual ulanishni o'rnatish jarayoniga vaqt sarflanmaydi. 10.1-rasmda paketli uzatishning deytagrammali tamoyili keltirilgan. Bunda 10.1-rasmdan ko'rinib turibdiki R1 marshrutizatoriga kelib tushgan paketlar oxirgi tugun N2, A2 manziliga uzatilganda ikkita yo'nalish orqali, ya'ni R1 va R3 marshrutizatorlari orqali har bir yo'nalish bo'yicha yuklamani kamaytiradi.
Ma'lumotlar bilan ishlashda tarmoqdagi har bir foydalanuvchi kompyuterida ma'lumotlar bazasining lokal nusxasi ishlatiladi. Ushbu MB nusxasi doimiy ravishda ma'lumotlar bazasi serveridagi ma'lumotlar bilan yangilanib turadi.
"Fayl-server" arxitekturasi odatda foydalanuvchilar soni ko'p bo'lmagan tarmoqlarda qo'llaniladi. Uni tatbiq qilish uchun Paradox yoki dBase kabi Mbbtlaridan foydalanish mumkin. Ushbu arxitekturaning afzalligi shundan iboratki, uni joriy qilish juda oson hamda dastur bitta foydalanuvchiga mo'ljallab yaratiladi ya'ni tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga bog'liq emas.
"Fayl-server" arxitektura kamchiliklari:
Foydalanuvchi biror bir jadvalda so'rov natijasida ma'lumotlari yangilanib turadigan o'z MB lokal nusxasi bilan ishlaydi. Bunda biror ma'lumotlan foydalanish uchun serverdan ushbu ma'lumot joylashgan butun jadvalning yangi nusxasi jo'natiladi. Agar foydalanuvchiga bir nechta jadvaldagi ma'lumotlar kerak bo'lsa, u holda serverdan tarmoq orqali jadvallarning barchasi jo'natiladi. Buning oqibatida tarmoqda ma'lumotlar oqimi va hajmi oshib ketadi va axborot tizimi ishlash quvvatining pasayishiga olib keladi.
Har bir kompyuterda MB ning o'z lokal nusxasi bo'lganligi uchun, biror foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan o'zgartirishlar ma'lum vaqt mobaynida boshqa foydalanuvchilar ma'lum bo'lmaydi. Buning uchun MB ni doimiy ravishda yangilanib turishi talab etiladi.



Yüklə 229,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin