8-mavzu: Fransiya sotsiolingvistikasi Reja



Yüklə 25,14 Kb.
səhifə2/4
tarix05.11.2022
ölçüsü25,14 Kb.
#67578
1   2   3   4
9-ma\'ruza matni

8. 2. Fransiya tillari.
8.2.1. Lingvodemografik ma’lumotlar
Fransiyada fransuz tili alloglott tillarga (turli tillarning bir hududda birga mavjudligi) nisbatan asosiy til hisoblanadi. Fransuz tili 82% fransuzlar uchun ona tili, shuningdek, minoritar (ingl. minority - ozchilik) til egalari uchun yozuv tili hisoblanadi. Biroq Fransiyada milliy ozchilik va ozchilik tili haqida gapirish siyosiy jihatdan noo‘rin hisoblanib, bugungi kunda “mahalliy tillar” va “muhojirlar tili” ifodasi qo‘llaniladi. Rasmiy jihatdan fransuz tili boshqalardan ajralib turadigan muayyan guruhlarning tili emas, balki Fransiyada yashayotgan barcha guruhlar majmuyining tilidir. Boshqacha aytganda, Fransiyada ozchilik mavjud emas, barcha fuqarolar fransuz hisoblanadi. Shuni alohida qayd etish joizki, ozchilik tilining miqdori jihatidan G‘arbiy Yevropa davlatlari orasida Fransiya Italiyadan keyingi o‘rinda turadi. 1999-yilda Fransiyada aholini ro‘yxatga olish jarayonida Fransuz statistika va iqtisodiy tadqiqotlar milliy instituti (Insee) tomonidan Fransiyaning sharqiy qismida yashovchi 380 000 katta yoshli kishilarning oilaviy ahvoli xususida so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomada anketa ishtirokchilari besh yoshga to‘lgunga qadar ota-onalari bilan qaysi tilda gaplashishgan degan savol ham bo‘lgan. Quyidagi jadvalda mazkur so‘rovnoma natijalari keltirilgan: 
1-jadval. Fransiya tillarida so‘zlashuvchilar soni

O‘rin

Til

Ona tili (katta yoshlilar)

Katta yoshli kishilarining foizi

1

fransuz

39 360

86 %

2

nemis, elzas lotar, fransiy va h.k.

970 (bulardan elzas: 660; nemis: 210; lotaring, frank: 100)

2,12% (bulardan elzas: 1,44%; nemis: 0,46%;
lotaring, frank: 0,22%)

3

arab (xususan, mag‘rib dialekti)

940

2,05%

4

oksitan tili (langedok, gaskon, provansal va boshqalar)

610 (yana 1060 kishi muayyan darajada til bilan tanish bo‘lgan)

1.33% (yana 2,32 % muayyan darajada tanish)

5

portugal

580

1.27%

6

oyl tillari (pikard, gallo, puatevin-sentoj va boshqalar)

570 (850ga yaqin kishi muayyan darajada tanish)

1,25% (1,86%ga yaqin muayyan darajada tanish)

7

italyan tili (va uning dialektlari)

540

1,19%

8

ispan

485

1,06%

9

breton

280 (405ga yaqin kishi muayyan darajada tanish)

0,61% ( 0,87% ga yaqin muayyan darajada tanish)

10

400ga yaqin boshqa tillar (polyak, berber tillari, sharqiy-osiyo tillari, katalan, franko-provansal, korsikan, bask)

2350 (ulardan 115 ingliz tili)

5,12% (katta yoshli aholining 0,25% ingliz)




Jami

45 762 (ikki ona tiliga ega bo‘lganlar 46680)

102 % (aholining 2 % ikki ona tiliga ega bo‘lganlar)


Yüklə 25,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin