Shartli reflekslarning biologik ahamiyati Shartli reflekslar organizmning moslanishi uchun juda katta ahamiyatga egadir. Ular organizmning hayot protsessida tashqi muhitga moslanishini ta’minlaydi va o’zgaruvchan hayot sharoitida organizmning mukammalroq orientirovkasi uchun zarur bo’ladi. Shartli reflekslar hosil bo’lishi natijasida organizm bevosita shartsiz ta’sirotlargagina emas, shu ta’sirotlarning organizmga ta’sir etish imkoniyatiga ham reaktsiya ko’rsatadi; reaktsiyalar shartsiz ta’sirotdan bir necha vaqt ilgari paydo bo’ladi. Organizm shu vaziyatda qiladigan ishharakatlariga shartli reflekslar yordamida oldindan tayyorlanadi. Shartli reflekslar ovqat topishga, xavfxatardan barvaqt qutilishga, zararli ta’sirotlarni bartaraf etishga yordam beradi va shunga o’xshash.
P. S. Kupalov va B. I. Xodorovlarping ma’lumotlariga qaraganda, organizmning moslanishida shartli reflekslarning ahamiyati yana shunda namoyon bo’ladiki, shartsiz ta’sirotdan ilgari shartli signalniig ta’sir etishi shartsiz refleksni kuchaytiradi va uning rivojlanishini tezlatadi. Masalan, ovqat yeyishdan ilgari ovqat shartli signalining ta’sir etishi ovqatlanishni tezlatadi, ya’ni harakat reaktsiyalarini kuchaytiradi va so’lak ajratish shartsiz refleksining tezligini oshiradi. Hayvonning oyoq terisiga kuchsiz elektr toki blan ta’sir etib vujudga keltirilgan himoyalanish shartsiz harakat refleksi undan oldin ta’sir etadigan shartli signal tufayli keskin darajada kuchayadi.
Shartli reflekslarning tormozllanishi Shartli reflekslarning xosil bo’lishi neyronlarning qo’zg’alishi bilan bog’liq. Tormozlanish jarayoni odam va hayvonlarni murakkab xulq-atvorini amalga oshirish uchun qo’zg’alish jarayoni kabi muhim ahamiyatga ega. Tormozlanish shartli reflekslarni tartibga solish va mukammallashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Tormozlanish tufayli organizm uchun eng zarur eng, ahamiyatli faoliyatga e’tibor berilib, qolganlari to’xtatib qo’yiladi (shartsiz tormozlanish). Tormozlanish tufayli shartli reflekslar uzliksiz aniqlashtirilib mukammalashtirilib o’zgaruvchi muhit sharoitiga moslashtiriladi. Shartli tormozlanish tormozlanish tufayli shartli reflekslarni nozik mexanizmi orqali organizm o’zini ortiqcha kuchlanishdan saqlaydi (himoyaviy tormozlarish).
Shartli reflekslar tormozlanishining ikki guruhi mavjud:
1. Shartsiz-tashqi.
2. Shartli-ichki.
Shartsiz (tashqi) tormozlanish. Organizm hayot faoliyati jarayonida tashqi va ichki dunyodan uzluksiz ta’sirlarga uchraydi. Bu ta’sirlarning har qaysisi tegishli refleksni keltirib chiqaradi. Agar hamma ta’sirlarga organizm javob berganda uning faoliyatida hech qanday tartib bo’lmas edi. Aslida bunday bo’lmaydi. Shartsiz tormozlanish natijasida xozirgi vaqt uchun eng zarur refleks amalga oshib, qolganlari tormozlanadi.
Shartsiz tormozlanish nerv tizimining barcha bo’limlarida uchraydi. Uni xosil qilinmaydi, u zarur refleks yuzaga kelishi bilan boshqalarni tormozlaydi. Shartsiz tormozlanishni «tashqi» deyilishiga sabab, uni keltirib chiqadigan tormozlovchi omil refleks yoyidan tashqarida bo’ladi. Shartsiz tormozlanishni keltirib chiqaruvchi ta’sirlagichlarni doimiy va so’nib boruvchilarga bo’linadi.
Doimiy tormoz. Itda yaxshi so’lak ajratuvchi shartli refleks xosil qilingan holatda shartli qo’zg’atuvchining ta’siriga it kuchli so’lak oqishi bilan javob beradi. Biroq shartli qo’zg’atuvchi ta’siri bilan birga itga og’riq berilsa, bir tomchi ham so’lak oqmaydi: shartli refleks yo’qoladi. Shartli so’lak ajratuvchi refleksning tormozlanishi hayotiy muhim shartsiz ximoyalanuvchi refleks hisobiga yuzaga keldi. Organizmga ziyon keltiruvchi og’riq reaktsiyasi shunchalik muhimki, barcha imkoniyatlarni ishga solib, undan qutulish zarur. Shartsiz tormozlanish boshqa reflekslarni to’xtatib organizmni og’riqdan qutqarishga yo’naltiradi.
Itga ko’p marta og’riqni chaqiruvchi ta’sir qilsa, u shuncha marta reaktsiya beradi. Takrorlanish hisobiga javob reaktsiyasining kuchi kamaymaydi.
Doimiy shartsiz tormozlanishning manbalari bo’lib, turli shartsiz reflekslar bo’lishi mumkin. Masalan, tajriba vaqtida itda barcha shartli reflekslar o’z-o’zidan yo’qolib ketadi.