9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Bo‘z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə63/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

14.3. Bo‘z tuproqlar mintaqasining gidromorf tuproqlari


Tayanch so‘z va iboralar: bo‘z tuproqlar, gidromorf tuproqlar, аllyuvial botqoq-o‘tloqi tuproqlar, O‘tloqi saz tuproqlar , Botqoq - o‘tloqi va botqoq - saz tuproqlar, cho‘l tuproqlari, sho‘rlangan.
Bo‘z tuproqli mintaqada gidromorf qayir-allyuvial, chimli o‘tloqli, botqoq-o‘tloqli va botqoq tuproqlar darѐlarning quyi terrasalarida, ѐyilmalarning chekkalarida, ѐyilmalar orasidagi pastliklarda va tog‘ ostidagi qiyaliklarning quyi qismlarida keng maydonlarni egallaydi.
Och tusli bo‘z tuproqlar joylashgan yerlarda ular ko‘pincha sho‘rlangan, tipik va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan xududlarda sug‘oriladigan dexqonchilik rivojlangan. Bu mintaqadagi barcha gidromorf tuproqlarning o‘ziga xos xususiyati shuki, ular cho‘l mintaqasidagi gidromorf tuproqlarga nisbatan barqaror namlanish rejimiga ega. Bo‘z tuproqli mintaqada sizot suvlarining satxi mavsum davomida keskin o‘zgarmaydi, shunga ko‘ra tuproqning namlik rejimi kam o‘zgaradi. Yozning u qadar issiq emasligi, qish-baxor oylarida ѐg‘in-sochinning ko‘p bo‘lishidan o‘simliklar yaxshi rivojlanadi.
Qayir-allyuvial o‘tloqli tuproqlar darѐlarning qayirlarida va toshqin vaqtida suv bosadigan yerlarda uncha katta bo‘lmagan maydonlarni egallaydi. Bu tuproqlar xam, cho‘l mintaqasidagi qayir-allyuvial tuproqlar kabi, asosan yengil mexanik tarkibli qatlamli cho‘kindilarda rivojlangan. Morfologik tuzilishi, kimѐviy va fizikaviy xossalariga ko‘ra, bu tuproqlar cho‘l mintaqasidagi shunday tuproqlardan keskin farq qilmaydi.
Qo‘rik va sug‘oriladigan allyuvial o‘tloqi tuproqlar. Bu tuproqlar Sirdaryo xamda uning irmoqlari-qoradarѐ, Norin vodiylari, Chirchiq, Oxangaron darѐlari vodiylarida, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylarida katta maydonlarni egallaydi. Tog‘larning yaqinida va tog‘ oldi mintaqalarida bu tuproqlar qatlami qumoq va soz ѐtqiziqlarda rivojlanadi. Bu yotqiziqlarning tagida (0,5-2m chuqurlikda) shag‘al ѐtadi. Sizot suvlar yer yuzasidan turlicha chuqurlikda (1-3m) joylashib, yaxshi oqib chiqib ketishi sababli suvi chuchuk bo‘ladi. Shuning uchun tipik va to‘q tusli bo‘z tuproq mintaqalari doirasida tagida shag‘al ѐtgan tog‘lar yaqinida o‘tloq tuproqlar sho‘rlanmagan. Och tusli bo‘z tuproq mintaqasidagi Sirdaryo Zarafshonning o‘rta oqimi, Qashqadaryo, Surxondaryo darѐlarining kuyi oqimida sizot suvlari minerallashgan xamda sekin oqib chiqib ketishi uchun bu tuproqlar sho‘rlangandir.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin