A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

savdo belgilari 
- mahsulot yoki 
xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar80.
Savdo markasining sotib olinishi vaqtida to ‘langan pul mablagMari 
qiymati 
kapitallashtirib 
boriladi. Uning foydalanilishi, himoya 
qilinishi, kengaytirilishi, ro ‘yxatdan o ‘tkazilishi yoki sudda himoya 
qilinishi tijasida yuzaga kelgan pul summalari ham kapitallashtiriladi.
Bu tariqa kapitallashtirilgan summalar savdo markasining foydali 
xizmat qilishi muddati mobaynida yoki ushbu muddatlardan qaysi 
biri nisbatan qisqa bo‘lib chiqishidan kelib chiqqan holda - 40 yil 
mobaynida amortizatsiya qilinishi lozim.
Franshizalar 
- odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan 
(masalan, kabel televideniyesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga 
egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr 
energiyasi), shuningdek x o ‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aniq 
maqsadlar va aniq xizmatlardan (“0 ‘zbekiston havo yo'llari”) 
foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
80 Financial and m anagerial accounting, 12e, C arl S .Warren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 848-page
362


K o‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori b o iad i va 
odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to ‘lashi 
talab etiladi. Franshizaning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va 
undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. 
Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan 
birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq 
to'liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib 
Gudvill (firma
bahosi) 
hisoblanadi. U o ‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan 
olinishi 
kutilayotgan 
daromadlariga 
qo‘shimcha 
ravishda 
daromadlaming ko ‘payishiga olib keluvchi firmaning imiji natijasida 
yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkinchisini sotib 
olgan hollardagina ro ‘yxatdan o ‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham 
amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona 
boshqasini sotib oladigan bo‘lsa yoki ulaming qo ‘shilishi yuz beradigan 
bo‘lsagina tan olinadi.
7-sonli BHMSda aktivlami buxgalteriya hisobida nomoddiy 
aktivlar sifatida bir vaqtning o ‘zida quyidagi shartlarga javob berishi 
kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki 
xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning m a’muriy va boshqa 
funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori 
foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘Isa, oddiy 
operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir 
birlik (komplekt) uchun 0 ‘zbekistonda belgilangan (xarid qilish paytida) 
eng kam ish haqi miqdorining kamida 50 baravarini tashkil qiladi. 
Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida 
hisobot 
davri 
uchun 
aktivlar qiymatining 
kamroq 
chegarasini 
belgilashga haqli;
d) 
korxona 
ushbu 
aktivni 
keyinchalik 
qayta 
sotishni 
m o‘ljallamaydi;
363


e) ishonchlilik, y a’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq 
huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan 
hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, 
patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning 
mavjudligi;
f) 
identifikatsiyalash 
imkoniyati. 
Identiflkatsiyalash 
sharti 
mezonlaridan biri - nomoddiy aktivlami korxonadan ajratish va uning 
shartnomaviy hamda boshqa yuridik huquqlardan, ushbu huquqlar 
beriladigan yoki korxonadan ajratiladigan bo‘lishidan qat’iy nazar 
yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan yuzaga kelishi mavjudligida 
bajariladi. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan b o iib hisoblanadi, 
agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo‘lsa, y a ’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda 
sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan b o g iiq
aktiv, shartnoma yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan 
tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar EHM uchun dasturlar va m a’lumotlar 
bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jum ladan o ‘matilmagan) tarkibiy 
qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo ‘lgan asosiy vosita 
bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va m a’lumotlar bazasi 
tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq 
korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa 
huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’iy nazar, 
shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy tabiati 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1031-1111-moddalari bilan, 
ulam ing buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining 
uslubiy asoslari esa 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”, 21-son BHMS 
“Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
Y o‘riqnoma” bilan belgilangan.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlaming 
mavjudligi va harakati to ‘g ‘risidagi axborotlami umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
364


0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta ’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari»;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Nomoddiy aktivlar obyektlari bo ‘yicha jamlangan amortizatsiya 
to‘g ‘risida m a’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining 
amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy ta ’minotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining 
amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzining amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlam ing amortizatsiyasi”.
Barcha 
turdagi 
nomoddiy 
aktivlaming 
dastlabki 
bahosi 
boshlang‘ich qiymat bo ‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu 
qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlaming boshlang‘ich 
qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
a) huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq 
huquq egasi (sotuvchi)ga to ‘langan summalar;
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) 
munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o ‘tkazish yig‘imlari, 
davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o ‘xshash to‘lovlar;
d) bojxona bojlari va yig‘imlari;
e) nomoddiy aktivlami sotib olish munosabati bilan to ‘lanadigan 
soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
f) nomoddiy aktivlami sotib olish bilan b o g iiq axborot va 
maslahat xizmatlari uchun to ‘langan summalar;
365


g) nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga 
to ‘lanadigan haqlar;
h) asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini 
sug‘urtalash b o ‘yicha xarajatlar;
i) aktivdan maqsadga ko ‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga 
keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to ‘lash bilan bog‘liq 
xarajatlar (akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o ‘tkazmalar uchun 
bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlami chet el valyutasiga sotib 
olish chog‘ida valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va 
bankning boshqa xizmatlari), sotib olish bo‘yicha shartnomalami 
tayyorlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda 
aktivlami sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar 
nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular 
sodir bo ‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to ‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib 
to ia s h nazarda tutilgan b o‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq 
to ‘lash chog‘ida haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan 
olingan kreditorlik qarzi summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlami to ‘lashga doir xarajatlar 
qarzga olingan kapital hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan 
nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin