mulki hisoblanishi sababli, ustav kapitalini ko‘paytirish yil tugagandan
va balans reformatsiyasidan keyin jamiyatning ixtiyorida qoladigan
foydasi hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
M as’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali k o ‘paytirilganda
jam iyat barcha ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o ‘zgarmagan
holda ular ulushlarining nominal qiymati mutanosib ravishda ko‘payadi.
Misol. M ChJ 6000 ming so‘m ustav kapitaliga ega. Jamiyat
ishtirokchilari tarkibiga 2 ta shaxs kiradi, birinchisiga ustav kapitalining
45 %i (2700 ming so‘m), ikkinchisiga 55 %i (3300 ming so‘m) tegishli.
2012-yil martda yakunlangan yil uchun hisobot topshirilgandan so ‘ng
ishtirokchilaming y ig ‘ilishida jamiyatning ixtiyorida qolgan foyda
hisobiga ustav kapitalini k o ‘paytirish to ‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jamiyatning ustav kapitalini uning foydasi hisobiga ko‘paytirish
mumkin b o ig an eng katta miqdorni aniqlash uchun o‘tgan hisobot yili
yakuni bo ‘yicha jam iyatning sof aktivlari miqdori hisoblab chiqariladi.
Balans m a’lumotlariga k o ‘ra jam iyat sof aktivlarining qiymati 25000
ming so ‘mni tashkil qildi.
M as’uliyati cheklangan jam iyatda rezerv kapitali tashkil etilmasligi
sharti bilan, u joriy yilda o ‘z ustav kapitatini 19000 ming so‘mdan
(25000 - 6000) oshmaydigan summaga ko ‘paytirish huquqiga ega.
Agar ishtirokchilar yig ‘ilishida ustav kapitalini 4000 ming so ‘mga
ko‘paytirish to ‘g ‘risida qaror qabul qilingan b o is a quyidagi o ‘tkazmalar
bilan aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: