0 ‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush q o ‘shish y o ii
bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar,
aksiyalar bo‘yicha dividendlar aks ettiriladi.
Dividendlar
bo‘yicha olinadigan daromadlarga quyidagicha
pro vodka beriladi:
Debet 4840-“01inadigan dividendlar”
Kredit 9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”.
9530-“Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida uzoq va qisqa
muddatli investitsiyalar bo‘yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4830-“01inadigan foizlar”
Kredit 9530-“Foizlar k o ‘rinishidagi daromadlar”.
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida valyuta
schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs
farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi.
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotida mulkni uzoq
muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettiriladi.
Hisobot davri yakunida 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560, 9590-
hisobvaraqlaming kredit aylanmasidagi summalar yakuniy moliyaviy
natijaga o ‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: