tayinlanganligi to ‘g ‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot
rahbari kassimi Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to ‘liq
moddiy
javobgarlik to ‘g ‘risida shartnoma tuzadi.
Kassir o ‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib
topshirishi taqiqlanadi.
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda
boim agan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol
tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib
topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan
qayta sanaladi.
Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a ’zolari
tomonidan imzolanadi.
Kassa
muomalalarining
buxgalteriya
hisobi
5010
“Milliy
valyutadagi pul m ablag‘lari” schyotida yuritiladi. M azkur schyot
xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablagMari va
ulaming harakati to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami umumlashtirish uchun
m o‘ljallangan.
X o‘jalik
subyektlari
o ‘rtasidagi
hisob-kitoblar,
shuningdek
fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq
holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga
oshiriladi.
X o‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullami qaysi maqsad
uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o ‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Korxona kassasiga naqd pullar:
• bank kassasidan - bank cheki asosida;
• aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami realizatsiya
qilish natijasida
olingan naqd pul tushumi shaklida;
• korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib
tushishi mumkin.
Xaridorlardan naqd p u l olayotganda korxona:
• fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi;
142
. xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan
chek berishi shart.
0 ‘zbekiston Respublikasida faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi
hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat-
kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan NKM modellaridan
foydalanish mumkin. Har qanday apparat “0 ‘zstandart”
agentligi yoki u
akkreditatsiyalangan organ tomonidan sertifikatlanishi va muvofiqlik
sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan NKM dan foydalanish
taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi avvalgi
hisobdan o ‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan
o ‘tkazish kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday - yangi yoki
ishlatilgan - NKMni qo‘llashni boshlashdan avval
uni savdo
shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o ‘tkazish va
ro‘yxatdan o ‘tkazish kartochkasini olish kerak.
KM savdo shoxobchasi
joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o ‘tkaziladi. Agar savdo
shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro'yxatdan
o ‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shoxobchasi
jihozlanishi kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlaming
ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKM ning fiskal xotirasiga kirishni
kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi
uchun shaxsan korxona rahbari javob beradi.
Ish kuni oxirida kassir
NKM bo‘yicha kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining
nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak)
albatta to ‘ldirishi shart.
Korxona kassasiga naqd pullami qabul qilish kassa kirim orderi
(KO-1) bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi
(blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim
orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat
bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini
143
amalga oshiruvchi
shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa
tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi
imzosi mavjudligini;
• hujjatlaming to ‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi
shart.
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlami
belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa
orderlari
kassaga
topshirilguniga
qadar
tashkilot
buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlarini qayd
etish daftari”da
va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da
ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga
rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u toManganidan so‘ng
ro‘yxatga olinadi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa
orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha
rasmiylashtirilgan boshqa
hujjatlar (to‘lov vedomostlari,
pul berish to‘g ‘risidagi
arizalar,
to ‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa
orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Naqd pul olish
uchun to ‘ldirilgan hujjatlarda xo ‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh
buxgalteming yoki ular vakolat bergan shaxslaming imzosi bo‘lishi
kerak.
7
.
Dostları ilə paylaş: