A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Valyuta 
kursi 

chet 
el 
valyutalarining 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki belgilagan so‘mga doir narxi.
Valyuta mablag‘larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul 
mablag4larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha 
yuritiladi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi
subyekt:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy 
zaxiralar va boshqa aktivlami) chet el valyutasida xarid qiladigan yoki 
sotadigan;
b) toManadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasida 
belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan;
d) 
zimmasiga chet el valyutasida majburiyat oladigan yoki uni 
so‘ndiradigan hollarda chet el valyutasida sodir etiladigan bitimlar 
hisoblanadi.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar 
bo‘yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan 
sanadagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘m 
ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, 
akkreditivlardagi valyuta mablagMari, valyutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar 
va qarzlar;
169


d) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy 
boyliklar 
va 
boshqa 
aktivlami 
bojxona 
yuk 
deklaratsiyasini 
rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
e) chet el valyutasida bojxona to ‘lovlarini amalga oshirish;
f) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
h) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
X o ‘jalik yurituvchi subyektlar balansining valyuta moddalarini har 
oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsiyalami amalga 
oshirish sanasida Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga 
oshiradi. Baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning 
valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:
a)kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta 
mablagMari, shu jumladan akkreditivlar;
b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;
d) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli 
investitsiyalar;
e) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, 
kreditlar va pul qarzlari.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin