44
Vaqtinchalik va doimiy foydalanish uchun yerni ajratishda tabiatni
qo‘riqlashni hisobga olib, keraksiz yerni ishlatib, qishloq xo‘jalik yerlari va
tabiiy resurslarini ratsional hisobga olinadi.
Mustahkamlangan yo‘l polosasi ajratilgan yer rejasi sifatida
mustahkamlash jurnaliga yozilib, rasmiylashtiriladi va kerakli tashkilotlarda
tasdiqlanadi. Agar belgilangan doimiy polosa atrofida bino va inshootlar bo‘lsa,
unda ularning o‘rni, tuzilmasi va xolatini tavsiflovchi qo‘shimcha chizmalar
chiziladi.
Buzilishi kerak bo‘ladigan bog‘lar, qishloq xo‘jalik ekinlari va
boshqalarga yerdan foydalanuvchi bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Ishni olib borishda uchun kerak bo‘ladigan va doimiy ajratilgan
mintaqadan katta bo‘lgan vaqtincha ajratilgan xudud: yo‘l uchun ajratilgan
yerning tasnifi va baxosiga, qo‘llanadigan mashina turiga, ishni usuli va
quriladigan yo‘l poyining har ikki tomoniga gruntlarni va materiallarni olib
kelish uchun yo‘lkchalarga,
yo‘lda harakatlanishning to’xtatilishiga
(sementobeton va asfaltobetonning qotishi va bosh.), shuningdek, qurilayotgan
sun'iy inshootlar joyiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: