A qodiriy "Otkan kunlar" romoni atrofida mulohazalar. Reja kirish. I bob. So‘z yasalishi hodisasi va uning asosiy turlari, ot va sifat yasalishi



Yüklə 53,65 Kb.
səhifə11/13
tarix25.12.2023
ölçüsü53,65 Kb.
#196765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
A qodiriy Otkan kunlar romoni atrofida mulohazalar. Reja kiris-fayllar.org

235-mashq. Arastu pandnomasini o‘qing. Yasama otlarni topib, izohlang.
Ey Iskandar, dilingni ilm bilan obod qil, ilmsiz kishilar bilan suhbat qurma, umringni behuda o‘tkazma, muvaffaqiyatlaringga mag‘rurlanma, gina-hasad qiluvchilarni uyingga kiritma, gina-kuduratdan o‘zingni xoli tut, birovga nisbatan gina saqlama, yomonlig-u ochko‘zlik qilishdan qoch, yaxshilig-u saxiylik qilishga intil. Yaxshi kishilarni yaxshi so‘z va yaxshi hadyalar bilan sarafroz-u dilxush qil. Тarbiya ta’sir qilmaydigan kishilar bilan yaqinlik qilmaginki, bo‘ri yoki ilon ahyon-ahyonda zarar yetkazadi, ammo zarari halokatli bo‘ladi.
Ey Iskandar, birov bilan maslahatlashadigan bo‘lsang aqlli va dono kishilarni topib maslahatlash, oliyhimmat kishilardan yordam so‘ra.
Maqtovlarga, balandparvoz so‘zlarga uchma, qo‘li ochiq va saxovatli bo‘l, biror yerga yetsang u yerdagi sinalmagan suvlardan ichma, biror yerda notanish meva-chevaga duch kelsang, uning foyda-zararini bilmay turib yema!
Har kim dono bo‘lsa yeyish bobida,
Bilmagan narsasin yemaydi zinhor.
Biror yo‘lda zarar ko‘p bo‘lsa agar,
Kuchi ko‘p bo‘lsa ham yurmaydi zinhor.
Sinalmagan yo‘l-u cho‘l yaqin bo‘lsa ham,
Sinalgan uzoqdan qolmaydi zinhor!
Ey Iskandar, safar-u sayohatga chiqqanda shunchalik yuk olginki, uni ko‘tarib yurishdan o‘zing bezor bo‘lmagin, buning ustiga kuch-qudratdan ham qolmagan. Sharob ichishni odat qilmaki, u bexushlik va g‘ofilikka olib boradi. Sadoqat — vafo nimaligini biluvchi kishilarni hamisha aziz tut. Qiyinchilik onlarida sabr-bardosh yo‘ldoshing bo‘lsin, umidsizlikka tushma. Kimki birovlarga jabr-sitam qilaversa, o‘zi ham uzoq yashamaydi. Birov senga jabr-u jafo qilgan bo‘lsa yoki sen birovga yaxshilik qilgan bo‘lsang, har ikkovini ham unut. Murod-maqsadingga yetgan fursat-onlaringda xanda urib kulmaki, atrofda turganlarga xunuk ko‘rinasan. Agar ish aksincha bo‘lsa, g‘am-u anduhingni birovlarga bildirma!

236-mashq. Jamoa bo‘lib fikrlash uchun uch guruhga bo‘lining. O‘z joylaringizni egallab doira shaklida o‘tiring. (Bu vaqtda musiqa qo‘yiladi. Uchala guruhga ham savollar beriladi. Savollarga javob hozirlayotgan paytda ham musiqa ijro etiladi. 10 minutdan so‘ng barcha guruhdagilar joylariga o‘tiradilar. Guruh boshlig‘i savollarga javobni aytib beradi yoki o‘qib beradi.)



Yüklə 53,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin