takdim etilishi neft qazib olish va gaz-kimyo tarmoqlari, qishloq xo’jaligi
mashinasozligi, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya sohasi hamda paxta tolasi va
respublika metallurgiya sanoati mahsulotlarining eksport shartnomalari bo’yicha
avans to’lovlarini o’z vaqtida olish uchun ushbu banklar resurslarini jalb etish va
ulardan foydalanish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda xorijiy
investitsiyalarni,
umuman,
investitsiya
faoliyatini
sug’urtalash
mexanizmi
yaratildi.
Mavjud mexanizmni yanada takomillashtirish, xorijiy
investorlarga sifatli, arzon va qulay sug’urta xizmatlarini ko’rsatish milliy va
qo’shma sug’urta kompaniyalarimizning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadlarni
amalga oshirish va jahon talablariga to’la javob bera oladigan sug’urtalash tizimini
yaratish uchun:
birinchidan, sug’urta bozorida ma’lumotlarning ochiq namoyon etilishi, ya’ni
sug’urtalanuvchi va sug’urta nazorati organlarining sug’urta kompaniyalarining
ishonchlilik darajasi to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi;
ikkinchidan, sug’urta kompaniyalari faoliyatini boshqarishni to’g’ri yo’lga
qo’yish, ya’ni samarali boshqaruvni tashkil etish;
uchinchidan, xorijiy sug’urta institutlari ustidan faol nazorat olib borilishi;
to’rtinchidan, xo’jalik-moliyaviy ahvoli yomon holatda bo’lgan yoki bankrotlik
ehtimoli yuqori bo’lgan sug’urta kompaniyalari bilan ishlash uslublarini yaratish;
beshinchidan, sug’urta sohasi bo’yicha etuk mutaxassislarni tayyorlash, xorijiy
mamlakatlar tajribasini o’rganish muhimdir.
Chet el investorlari uchun zarur moliya-iqtisodiy kafolatlarni ta’minlash uchun
hukumat tomonidan chet el investorlarini himoyalashning Milliy sug’urta
jamg’armasini barpo etish to’g’risida qaror qabul qilingan. Bu jamg’arma respublika
hududida ta’sis etilgan chet el banklarida O’zbekiston Respublikasi, xorijiy
investitsiya ishtirokidagi sug’urta kompaniyalari valyuta qadriyatlarining bir qismini
deponentlash yuli bilan hosil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyasini himo yalash rasmiy davlat
sug’urta agentligi hisoblangan sug’urtalash tizimi va chet el sug’urta kompaniyalari
ishtirokidagi qo’shma sug’urta kompaniyalari orqali ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: