Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik


Riyo qilib yugurib yurar anda-munda



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə117/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Riyo qilib yugurib yurar anda-munda

Olloh uchun toat qilg’on darvesh qanda.

Chin darveshlar tog’u cho’lni makon qilur.

Yassaviy devonidagi hikmatlar xalq og’zaki ijodi yo’lida yozilib, goho ertaklarga xos va mos saj’-ichki qofiya usuli qo’llanadi va u she’rning ta’sir kuchini ta’minlashga qo’l keladi:



Turlik ayshim, turlik ishim, munglig’ boshim,

Irdi jonim, ketdi hushim, oqdi yoshim.

Ko’zim tushdi, ko’nglim uchdi, arqsha oshdi,

Umrim kechdi, nafsim qochdi, bahrim toshdi.

Karvon ko’chdi, manzil oshdi, horib tushdi...

Suvrat munda, siyrat onda, qudratingda,

Uzu tunda, yorug’ kunda ko’nglim onda...

Yassaviy hikmatlari asosan to’rtlik yo’lida bitilib, ular xalq qo’shiqlariga hamohang, tili sodda, uslubi ravon, esda saqlash, yodlash oson. Darhaqiqat to’rtliklar xalq tiliga xos, uning diliga mos va ma’lum bir kuyga muvofiq yaratilgan. Hikmatlar asosan shayxlar va muridlar hamda sayoq kalanzarlar tarafidan kuylangan, xalq ularni sevib tinglagan. Ular ko’pincha ta’kidni ta’kidlash bilan ta’sirning ta’sirini oshirishda, jahr (ovozni chiqarib zikr qilish)dan foydalanganlar.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida «tuproq» so’zi tez-tez uchraydi, bu so’z aslida badiiy obraz sifatida qo’llanadi va chuqur g’oyaviy mazmun, mohiyat kasb etadi:

Tufroq bo’lg’il, olam sani bosib o’tsin...

Bu xildagi misralar «Devoni hikmat»da istagancha topiladi:

Ishq bobini Mavlon ochgach, manga tegdi.

Tufroq qilib, hozir bo’l deb bo’ynim egdi.

XXX


Takabburni erga urib bosib oldim,

O’n to’rtimda tufroqsifat bo’ldim mano.

XXX

Boshim tufroq, o’zim tufroq, jismim tufroq,



Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.
Qizil yuzing qaro erda so’lgan yaxshi,

Tufroqsifat er ostida bo’lgan yaxshi.


Odam uldur faqir bo’lur yo’lda yotsa,

Tufroq sifat olam ani bosib o’tsa.

Tasavvufda, tuproq, Ollohning munavvar nuri suv uning yorug’ hayoti, havo buyukligi, olov uning g’azabi timsoli. Tuproq va suv-jannat mulki, shamol va olov-do’zax ichidagi narsalar. Demak, tuproq Yassaviy talqinida inson, u shu tuproqda, erda, zaminda yashaydi, undan o’z rizqini undiradi, tuproq-maskan, tuproq-vatan, odam tuproqdan bino bo’lgan va u yana tuproqqa aylanadi, unga qaytadi, o’zligini topadi. Tuproq-ko’p ma’nolarga ega, u badiiy obraz shaklida Yassaviy hikmatlarining g’oyaviy mazmunini belgilaydi.

Ahmad Yassaviy she’rlarida insoniy g’oyalar, axloq, odob, poklik, to’g’rilik, islom dini aqoidlari va hadislarda ilgari surilgan ma’rifiy fikrlar, sodda, ravon tilda bayon qilib beriladi. Hikmatlarda axloqiy-ta’limiy qarashlar, ilm-ma’rifat targ’iboti, axloq-odob tashviqoti, yaxshilik oqibati, yomonlik qabohati. Nafs illati, nodonlik kasofati, ishq xosiyati, ilm fazilati, insoniylik ziynati, er saxovati, zamin muruvvati, xudo ne’mati, dinsizlik qismati, xudojo’ylik diyonati, loqaydlik zahmati kabi tushunchalar limmo-lim.

Tasavvufda pirga-ustozga juda katta e’tibor berildi, unga e’tiqod qilinadi, u doimo e’tirof etiladi, u hamisha musharraf va ehtiromga sazovordir. E’zozga saodatga musharraf bo’lmoq uchun baxt nimadaligini anglash kerak, uni hamma ham shunchaki, o’zicha anglab olish imkoniyaga ega emas. Shu bois tolib, talaba, o’quvchi, shogird yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi ustozga mutoj. Yassaviyning quyidagi misralarida sufiylar nazdidagi pir-ustoz qanday bo’lishining badiiy ifodasini ko’ramiz:


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin