Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə126/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

G‘AZALLAR

Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o‘lturur,


G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.
To magarkim salsabil obina javloni qila,
Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar sori hur.
Ul ilikkim suvdin oriqtur, yumas oni suda,
Balki suvni pok bo‘lsun deb iligi birla yur.
Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,
Ulki derlar suv qizi goh-goh ko‘zga ko‘runur.

Qoshlaring yosin Atoyi ko‘rgali husn ichra toq,


Subhidam mehroblarda surayi yosin o‘qir.
– V – – /– V – – / – V – – / – V –
foilotun / foilotun / foilotun / foilun
Ramali musammani mahzuf

* * *

Jamoling vasfii qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas oni kim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusuf husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda.
Tilar el mansabi oliy, va lekin
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.
V – – – / V – – – / V – –
mafoilun / mafoilun / mafoil
Hazaji musaddasi mahzuf

* * *



Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
Lutf-u karamingni sen agar mendin ayasang,
Javr-u sitaming lutf-u karamdur manga, ey do‘st.

Diydor ila qoni’ emas erdim esa, hajring


Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey do‘st.
Ko‘nglum yuzini javr ila chun sendin uyurmon,
Oxir necha bu javr-u sitamdur manga, ey do‘st.
Odamg‘a seni o‘xshata bilmonki, parisen,
Nortek yanoqing bog‘i Iramdur manga, ey do‘st.
Qo‘y qissayi Jamshedni jomi ilgingdin,
Gar bo‘lsa dame mulkati Jamdur manga, ey do‘st.
Og‘zingg‘a fio jonki, tabassum qilib aytur:
«Har lahza Atoyi ne adamdur manga, ey do‘st».
– – V / V – – V / V – – V / V – ~
maf’uvlu / mafoiylu / mafoiylu / mafoiyl
Hazaji musammani axrabi makfuf maqsur


Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin