Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə151/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Bolalik davri. Alisher Navoiy 1441- yil 9- fevralda Amir Temurning o’g’li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha ,,Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. ,,Nizomiddin” — din-diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, ,,Mir” — amir demakdir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad (uni G’iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas. Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh (ko’kaldosh) bo’lgan ekan. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Kichiklik chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo’ldi. Uch- to’rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning kattalar ham anglashi mushkul bir baytini yod aytib mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so’ng esa, uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi.

1447- yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar orasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo’lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo’1 oladi. Yo’lda, Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, ,, Zafarnoma” ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451- yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir karvon Yazd cho’li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduz jazirama bo’lganidari kechasi yurilganini, tungi yurishlardan birida Alisher mingan otining egaridan tushib qolganini, uyqu zo’rlik qilib, uyg’onmaganini, bir mo’ljalga yetib kelibgina bo’lajak shoirning yo’qolib qolganini bilishganini, qidirishib, bolani topib olishganini yozadi. 1452- yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajak shoir Sa’diy Sheroziyning ,,Guliston”, ,,Bo’ston” asarlarini, Farididdin Attorning ,,Mantiq ut-tayr” (Qush nutqi) dostonini so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Qushlar xayoli Ahisherni odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan qilib qo’ydi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushdilar. Bo’lajak daho yoshlik chog’idan Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning asarlarini sevib oqiydi. 1453- yilda Alisherning otasi G’iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st — Husayn va Alisher yana birga bo’ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o’qish va ilm egallash yillari bo’ldi. U yetti-sakkiz yoshida she’r yozgani ma’lum. Bu she’rlar shoirning aytishicha, ,,turk alfozi bila” bitilgan. U forscha she’rlar ham yozdi. Turkiy she’rlariga ,,Navoiy”, forschasiga ,,Foniy” taxallusini qo’ydi. ,,Navo”ning bir ma’nosi — kuy, ohang, yana biri — bahr. Dard, g’amni ham ,,Navo” deganlar. ,,Foniy” esa o’tib ketuvchi, yo’q bo’luvchi, vaqtincha degani. Navoiy o’n besh yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. Xondamirning yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri mavlono Lutfiy huzurida o’zining: Orazin yopqoch, ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh matla’si bilan boshlanadigan g’azalini o’ qiydi. She’rdan hayratga tushgan keksa shoir shunday deydi: ,,Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashtirardim va buni o’zimning yutug’im deb hisoblar edim”. Bu turkiy she’riyatga buyuk iste’dod kirib kelayotganidan nishona edi.




Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin