Adabiyot aniq va tabiiy fanlar 1-kurs (1-semestr) 1-yarim yillik



Yüklə 374,71 Kb.
səhifə199/227
tarix02.01.2022
ölçüsü374,71 Kb.
#38386
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   227
1-kurs 1-semestr adabiyot onlayn dars. X. Mamatismoilova

Darveshonro agar na az xeshonem,

Lek az dil-u jon mu’taqidi eshonem.
Dur ast mago‘y shohi zi darveshiy,
Shohem, vale bandai darveshonem.
(Mazmuni: Garchi darveshlar bizlarga yaqin bo‘lmasalar ham, biz ularga jon-dilimiz bilan muxlismiz. Shohlikni darveshlikdan uzoq dema, biz shoh bo‘lsak ham, darveshlarning bandasi (quli)miz).
U podshohning aruz va qofia ilmiga bag‘ishlangan risolalari ham bor va, shu jumladan, «Mufassal» ushbu fanning sharhi bo‘ladi, ko‘pdan ko‘p yaxshi tasniflr qilibdilar. U podshoga Tangri taolo to‘rt o‘g‘il va uch qiz karomat qilgan edi. O‘g‘illari: Muhammad Humoyun podshoh, Mirzo Komron, Mirzo Askariy va Mirzo Hindol edilar. Qizlari: Gulrangbegim, Gulchehrabegim va Gulbadanbegim edilar. Bu uch qiz bir onadan edi.
Podshoh har doim bir necha tab’ ahllari – shoir va san’at ahlining suhbatidan uzoqlashmasdi. Ular ushbulardir: ilmi hikmat bobida tengi yo‘q Abulbaqo, yana Zayniddin Xavofining nabirasi Shayx Zayn sadr bo‘lib, juda o‘tkir tab’i bor edi, nazm va inshoda zavqi baland edi, Humoyun podshoh zamonida amirlik ham qildi. Yana Shayx Abulvohid Forig‘iy, u Shayx Zayn Xavofining otasi edi, xushtab’ kishi edi, she’rni
ham yaxshi aytardi. Yana biri – Sulton Muhammad ko‘sa Mir Alisherning musohiblaridan ediki, podshoh suhbatida izzat topib, ulug‘ martabaga erishdi. Yana Mavlono Shihob Muammoyi, u «Faqiriy» taxallusini olgandi. Fazilatli va she’rdan xabari bor kishi edi. Yana Mavlono Yusufi tabibki, uni Xurosondan chaqirib olgan edilar, tomirdan ko‘rish va tashxis qo‘yish uning ishi edi. Yana Surx Vadoiyki, turkiy va forsiyda she’r aytardi. Yana Mullo Baqoiyning zavqi baland edi, «Maxzan ul-asror» vaznida podshohga bag‘ishlab masnaviy bitgandi... «Vallohu bi kulli shay’in alim» («Hamma narsani bilguvchi Allohdir»).Omin.

Yüklə 374,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin