Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə96/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Azotli o’g’itlar — tarki-bida azot bo’lgan va o’simliklarning azot bilan oziqlanish manbai sifatida qo’llaniladigan organik hamda anorga-nik moddalar, o’simliklarni azot bilan oziqlantirish manbai. A.o’. 1914—18 y.larda ammiakni havodagi azot va vo-226doroddan sintezlash sanoat miqyosida o’zlashtirilganidan keyin kimyo sano-atida ishlab chiqarildi. O’zbekistonda birinchi marta Chirchiq elektr kimyo ktida 1940 y.da ishlab chiqarilgan. Farg’ona azotli o’g’itlar zavodi, Navoiy kimyo k-tida asosiy turdagi A.o’. ishlab chiqariladi. O’zR kimyo sanoatining A.o’. ishlab chiqarish bo’yicha yillik quvvati 2,8 mln. t (1995 y.da 1012,1 ming t Azotli o’g’itlar ishlab chikarildi; 100% oziq-modda hisobida). A.o’. organik (go’ng , torf, kom-post), mineral (ammiakli selitra, am-moniy sulfat, mochevina va suvli ammi-ak) hamda ko’kat o’g’itlar (lyupinning ko’k massasi, seradella va boshqalar)ga bo’linadi. A.o’.ni ishlab chiqarishda ammiak va nitrat kislota asosiy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. A.o’. noqoratuproq zonada, o’rmonli dasht zonaning nam joylari va sug’oriladigan dehqonchilik zonasida qishloq xo’jaligi o’simliklari hosildorligini oshirishda eng yaxshi vo-sita hisoblanadi. O’simliklar ko’pincha azotning mineral birikmalaridan, aso-san, nitrat va ammoniy tuzlarini uzlash-tiradi. Mineral A.o’.da azot ammiakli, ammiakli-nitratli, nitratli va amid-li ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Bu o’g’itlar tarkibidagi azotni o’simliklar oson uzlashtiradi va uning ta’siri tez bilinadi. Sug’orma dehqonchilik mintaqasida qo’llaniladigan A.o’.ning asosiy miqdorini ammiakli selitra va mochevina tashkil etadi.Ammiakli o’g’itlarga (azot NH3 sha-klida) ammoniy sulfat, ammoniy xlo-rid, ammoniy bikarbonat, suvsiz ammi-ak, suvli ammiak, ammiakatlar kiradi. Ammoniy sulfat tarkibidagi ammiak-li azot tuproqqa yutilmaydigan nitrat holidagi azotga nisbatan tuproqda yaxshi ushlanib, kamroq yuvilib ketadi.Ammiakli - nitratli o’g’itlar (azot NH3 va NO3 shaklida) — bularga ammi-akli selitra (ammoniy nitrat, nitrat kislotaning ammoniy tuzi) va ammoniy sulfonitrat kiradi. Ammiakli selitra asosan donador holda ishlab chiqariladi; bu o’g’it ta’sirida tuproqning muxiti kuchsiz kislotali bo’ladi.Nitratli o’g’itlarga (azot NO3 shakli-da) natriyli, kalsiyli, kaliyli seli-tralar kiradi. Nitratli o’g’itlar fizio-logik ishqoriydir, ularni kislotali muxitga ega bo’lgan tuproqlarda ishlatsa yaxshi natija beradi.Amidli o’g’itlarga (azot NH2 sha-klida) mochevina (karbamid), mochevi-na-formaldegidli o’g’itlar kiradi. Sug’oriladigan dehqonchilikda mochevina A.o’. ichida eng samarali hisoblanadi. Mochevina-formaldegidli o’g’itlar tuproq qatlamidan yuvilib ketmaydi, ular tuproqda sekin eriydi. A.o’. me’yori tuproq-iqlim sharoiti, o’simliklarning biol. xususiyatlari, tuproqqa solina-digan organik o’g’itlar miqdori va boshqalarga bog’liq. A.o’. qo’llaganda o’simliklar hosildorligini oshishi turlicha bo’lib, bu ko’rsatkich tuproqqa qanday ishlov berilishiga, o’stirilayotgan ekin turi va boshqa omillarga bog’liq. Dala sharo-itida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, A.o’.ni qo’llanganda paxta hosili gektariga 13,5—15,7 s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gek-tariga 37,4—39,8 s bo’lishi uchun paxta dalasiga gektariga 250–300 kg sof azot miqdorida o’g’it solish zarur.


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin