Ajratuvchi bo`lak


Yo`l harakatini tashkil etish



Yüklə 18,79 Kb.
səhifə3/5
tarix17.05.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#114851
1   2   3   4   5
Haydovchilar va yo\'lovchilar huquq va majburyatlari

Yo`l harakatini tashkil etish – yo`llarda harakatni boshqarish bo`yicha xuquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.
Yo`l harakati xavfsizligi – yo`l harakati qatnashchilarining yo`l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo`l harakati xolati.
Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash – yo`l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablarining oldini olishga, bunday xodisalar oqibatlarini engillashtirishga qaratilgan faoliyat.
Yo`l harakati qatnashchisi – yo`l harakati jarayonida transport vositasi haydovchisi, yo`lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etuvchi shaxs.
Majburiy to`xtashtexnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi, yo`lovchining xolati, yo`ldagi biror to`siq tufayli xavf tug`ilganda yoki ob-havo sharoitiga bog`liq holda transport vositasi harakatlanishining to`xtatilishi.
Mehanik transport vositasi – yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o`ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.
Moped – ish hajmi 50 santimetr kubagacha bo`lgan yurgizgich (dvigatel) bilan harakatga keltiriladigan, eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch g`ildirakli transport vositasi.
Osma yurgizgichli velosipedlar va yuqoridagi ta`rifga mos keladigan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.
Mototsikl – kajavali yoki kajavasiz ikki g`ildirakli mexanik transport vositasi.
Yuksiz vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch g`ildirakli mehanik transport vositalari ham mototsikllarga tenglashtiriladi.
Ogohlantiruvchi ishoralar – falokatli holatlarni oldini olish maqsadida, harakatlanish yo`nalishini o`zgartirishda qo`llaniladigan ishoralar.
Piyoda – yo`l-transport vositasidan tashqarida bo`lgan va ish bilan band bo`lmagan shaxs (velosiped, moped, mototsikl va chana etaklagan, aravacha, bolalar hamda nogironlar aravachasini tortib kelayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar).

Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin