Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Tushunchaning mazmuni va hajmi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə147/341
tarix20.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#158104
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   341
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Tushunchaning mazmuni va hajmi
Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari to‘g‘risidagi axborot tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, yani uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi obektiv mazmunga egabilimlar tizimidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi.
Tushunchaning hajmi esa, unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.
Mantiqda bazan tushuncha alohida mantiqiy shakl deb emas, hukmning tarkibiy elementi sifatida olib qaraladi. Xususan Koen va Nagellar ana shunday yo‘l tutishadi. Hukm (mulohaza) tarkibidagi tushunchalar terminlar deb atalgani uchun ana shu so‘zdan foydalanishadi. Terminni ikki xil jihatidan olib qarash mumkin: yo (faqat bitta azosi bo‘lgan) obektlar sinfi, yo berilgan obektlarga xos belgilar to‘plami deb aytiladi. Birinchi jihatida u denotatsiya yoki hajm,ikkinchi jihatida konnotatsiya yoki mazmun deb ataladi. Masalan, “faylasuf” terminining hajmini Fales, Sokrat, Platon va boshqalar tashkil etsa, mazmunini “donishmandlikni sevuvchi”, “aqlli” kabi belgilar hosil qiladi149.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha, hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»qa oid bo‘lish belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli» tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan, huquqiy ongda bo‘lmagan spetsifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
Terminga qanoatlanarli mazmun berish (yoki tariflash)- murakkab vazifa, u inson zakovatining keyingi yutug‘i hisoblanadi17.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin