Mehnat estetikasi estetik faoliyat turi sifatida insonning ijtimoiy va individual
ishlab chiqarish jarayonida go‘zallikka nisbatan munosabatlarini ifodalaydi. Mehnat estetikasi jamiyat moddiy nematlarini ishlab chiqarish sharoitlari va uning natijalarini estetik o‘zlashtirish jarayonini anglatadi. Zamonaviy sanat turlari – fan-texnika taraqqiyoti asosida vujudga kelgan sanat turlari. Ular o‘zigacha mavjud bo‘lgan sanat turlarining erishgan yutuqlari bilan bog‘liqdir. Zamonaviy sanat turlariga misol tariqasida fotosanat va kinoni keltirish mumkin.