Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#46421
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
nafas olish fiziologiyasi

perioksidaza  kabi  boshqa  fermentlar  ham  ishtirok  etadi.  Bu  fermentlar  odatiy 

sharoitlarda  qiyin  oksidlanuvchi  moddalarni  oksidlash bilan  CO

faollashtiradi. 



Hujayralardagi  oksidlanish  jarayonining  fizik-ximiyaviy  asosi-fermentlar  bilan 

elektronlarning 

o’tkazilishidir 

(sitoxromlar). 



Sitoxromli 

tizim 

(sitoxrom+sitoxromoksidaza)  hujayralarni  nafas  olishida  juda  katta  rol  o’ynaydi. 

Sitoxromlar  va  fosfoproteidlar-vodorod  tashuvchilar  hisoblanadi.  Hujayralarning 

nafas olishida aminoguruhlarni, fosfatlarni tashuvchi boshqa fermentlar ham  ishtirok 

etadi.  Hujayralar  nafas  olishida  ishtirok  etuvchi  ko’plab  fermentlar  vitamin  B 

guruhining (B

1

, B


2

 va boshq.) hosilalari hisoblanadi. Bundan tashqari hujayralardagi 

oksidlanish-tiklanish  jarayonlarida  vitamin  C ham ishtirok  etadi. 

Shunday  qilib,  hujayralarni  nafas  olishidek  favqulodda  murakkab  jarayon 

fermentlar  va  vitaminlar  bilan  bajariladi.  Hujayralar  nafas  olishining  jadalligi 

odamning yoshi o’tishi bilan  pasayadi. 



O’pkada va to’qimalarda kislorod va karbonat angidrid gazini qon bilan qabul 

qilinishi va qaytarib berish sharoitlari.  O’pka kapillyarlaridan oqib o’tadigan qonga 

O

2



 ni qabul qilib olishi  o’pkadan CO

ni ajratib  chiqarilishi  tufayli  yengillashadi. 



O’pka  kapillyarlariga  oqib  kelayotgan  venoz  qoni  katta  miqdorda  CO

saqlaganligi  sababli,  gemoglobinning  O



2

  ga  nisbatan  o’xshashligini  pasaytiradi  

Qachonki  venoz  qon  alveolalarda  CO

berilishi,  O



2

,    ning  gemoglobinga

 



o’xshashligini    oshiradi,  bu  esa  qonni  O

ga  to’yinishini  va  vena  qonining  arterial 



qonga  aylanishini  ta’minlaydi.  To’qimalar  kapillyarlarida,  aksincha,  qon  CO

bilan 



to’yinadi,  bu  esa  gemoglobinning  kislorodga  o’xshashligini    pasaytiradi  va  O

2

  ni 



to’qimalarga  berilishini  ta’minlaydi. 

Kislorodni  gemoglobin  bilan  qabul  qilinishiga  qondagi  vodorod  ionlari 

konsentrasiyasi ham ta’sir ko’rsatadi. Vodorod ionlarini konsentrasiyasi qancha ko’p 

bo’lsa,  gemoglobinning  O

  ga  bo’lgan



o’xshashligi  shuncha  kichik  bo’ladi.  Qonda 

CO



bosimi qancha past bo’lsa, shuncha katta miqdordagi O

2

 ni gemoglobin biriktirib 



olishi  mumkin.  To’qimalarda  vodorod  ionlarini  konsentrasiyasi  ancha  katta, 

alveolalarda  esa  ancha  kichikdir.  Nihoyat,  oksigemoglobinning  dissosiasiyasiga 

harorat  ta’sir  ko’rsatadi.  Haroratning  ko’tarilishi  faqatgina  oksigemoglobinni 

dissosiyasini tezlashtirsa, lekin amalda kislorodni gemoglobin bilan birikish tezligiga 

ta’sir  ko’rsatmaydi.  Organlarni  kuchli  faoliyati  paytida  to’qimalardagi  qonning 

harorati  ancha  ko’tariladi,  bu  esa  O

2

  ni  qonga  berilishini  tezlashishini  ta’minlaydi. 



Kislorodni  gemoglobin  bilan  tashilishi  fiziologik  sharoitlarda  (eritrositlardagi  uning 

miqdori,  tana  haroratiga  teng  bo’lganida  gavdaning  tuz  tarkibiga  qaramay  ph-7,35 

teng bo’lganida) bir necha bor yuqori. 

Nafas  olish  va  qon  aylanishining  o’zaro  bog’liqligi.  Ko’krak  bo’shlig’idagi 

manfiy  bosim  yurak  ishini  qo’llab-quvvatlab  turadi.  Nafas  olish  paytida  ko’krak 

bo’shlig’idagi  bosim  kamayadi,  qorin  bo’shlig’ida  esa  ortadi,  bu  esa  o’z  navbatida 

juda  ko’plab  qorin  bo’shlig’idagi  vena  tomirlaridan  kovak  venalarga  qon  kelishini, 

yurakka  kelayotgan  vena  qoni  miqdorini  ortishini  va  diastola  paytida  yurakning 

kengayishini  ta’minlaydi.  Aksincha,  nafas  chiqarish  paytida  ko’krak  bo’shlig’idagi 

bosim ortadi, bu esa sistola paytida yurakning  qondan bo’shashini ta’min etadi. 

Shuni qayd qilish kerakki, agar chuqur nafas olingandan keyin oldindan og’iz va 

burunni  yopib  kuchli  nafas  chiqarish  uchun  harakat  qilinsa  unda  o’pkada  bosim 

atmosfera  bosimidan  jiddiy  darajada  baland  bo’ladi.  Bu  paytda  o’pkadagidan  ham 

plevra  varaqlari  orasidagi  bosim  ko’tariladi.  Bu  o’z  navbatida  o’pkadagi  qonning 

kamayishini,  yurakda  bosimning  pasayishini,  yurakning  bo’shashini  va  katta  qon 

aylanish  doirasi  tomirlarining  qon  bilan  to’lishini  chaqiradi.  Tashqi  vena  tomirlari 

shishadi, puls sezilmay  qolishi  mumkin  (Valsalva  tajribasi). 

Agar  kuchli  nafas  chiqarilganidan  keyin  og’iz  va  burunni  yopib,  chuqur  nafas 

olish  uchun  harakat  qilinsa,  bu  paytda  o’pkada  havo  siyraklashadi,  bosim  keskin 

tushib  ketadi  va  atmosfera  bosimidan  ancha  past  bo’ladi.  Bu  paytda  plevralararo 

bosim  yanada  ko’proq  tushib  ketadi,  ya’ni  manfiy  bosim  keskin  ortadi.  Ko’krak 

qafasining so’ruvchanlik xususiyatini ortishi tufayli katta qon aylanish doirasidan qon 

surilib  kichik  qon  aylanish  doirasi  tomirlariga  haydaladi  va  uni  to’ldiradi.  Miyaning 

qon  bilan  ta’minlanishi  ancha  pasayganligi  sababli,  hushdan  ketish  yuzaga  keladi. 

(Myuller  tajribasi).  Har  ikkala  tajriba  ham  nafas  faoliyati  bilan  qon  aylanishi 

orasidagi uzviy  bog’liqlikni  ko’rsatib turibdi. 

Qon bosimining  ko’tarilishi reflektor ravishda sinus karotiddagi reseptorlarning 

qo’zg’alishini  chaqirish  bilan  nafas  harakatlarini  tormozlaydi.  Aksincha,  qon 

bosimining  tushib  ketishi,  sinus  karotiddagi  reseptorlarga  ta’sir  ko’rsatib  reflektor 

yo’l bilan  nafasning  tezlashishiga  va chuqurlashishiga  olib keladi. 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin