To’yingan uglevodorodlar, asosan, tabiiy gazdan (90-98% metan, qolgani etan, propan, butan va boshqa uglevodorodlardan iborat), neftdan va o’simliklardan olinadi.
1. 1856-yilda Bertolle birinchi marta metanni uglerod sulfid bilan vodorod sulfid aralashmasini qizdirilgan mis ustidan o’tkazib hosil qildi.
2. Vyurs reaksiyasi bo’yicha galoidalkillarga natriy metalini ta’sir ettirib olinadi: R – radikal
2. Vyurs reaksiyasi bo’yicha galoidalkillarga natriy metalini ta’sir ettirib olinadi: R – radikal
3. Dyuma reaksiyasi orqali qattiq holatda karbon kislotalar tuzlarini ishqorlar bilan qizdirish bilan olinadi: R-radikal
3. Dyuma reaksiyasi orqali qattiq holatda karbon kislotalar tuzlarini ishqorlar bilan qizdirish bilan olinadi: R-radikal
R-COONa + NaOH → R-H + Na2CO3
CH3-COONa + NaOH → CH3-H + Na2CO3
4. Karbidlarning gidrolizi:
Al4C3 + 12H2O → 4Al(OH)3 + 3CH4
5. 1897-yilda 1200°C da to’g’ridan to’g’ri uglerodga vodorod ta’sir ettirib, metan olish yo’li topildi:
C + 2H2 → CH4
Fizik xossalari:
Fizik xossalari:
C1-C4 oddiy sharoitda gaz holidagi moddalar, C5-C16 gacha bo’lganlari suyuqlik va C17 dan boshlab esa qattiq moddalardir. Gomologik qatorda uglerod atomlarining soni ortishi bilan alkanlarning suyuqlanish va qaynash harorati hamda solishtirma og’irligi oshib boradi. Tarmoqlangan zanjirli izomerlarning qaynash haroratlari normal zanjirli izomerlarnikidan pastroq bo’ladi. Suvda yomon eriydi, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Kimyoviy xossalari:
Kimyoviy xossalari:
To’yingan uglevodorodlarda C-C va C-H bog’lari bo’lib, ular juda kuchsiz qutblanishga ega, lekin bog’lanish energiyasi yuqori. Ular birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Oddiy sharoitda kuchli oksidlovchilar KMnO4, K2Cr2O7 va boshqalar ta’sir etmaydi. Shuning uchun ular parafinlar (lotincha “parum offinis” – aktivmas) alkanlar katalizator ishtirokida, temperatura va yorug’lik ta’sirida o’rin olish reaksiyalariga kirishadi. Almashinish reaksiyalariga uchlamchi uglerod atomidagi vodorod atomlari osonroq, ikkilamchi uglerod atomidagi vodorod atomi esa qiyinroq, birlamchi uglerod atomidagi vodorod esa eng qiyin almashinadi.