Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə134/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Xirurgik gepatologiya:


Jigar kasalliklari. Jigar shikastlanishining patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolanishi. Jigar abssesslari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolanishi. Jigar parazitar kistalari klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi, davolanishi. Jigar exinokokkozi bilan zararlanish yo‘llari, patogenezi, diagnostik usullari, klinikasi, asoratlari. Jigar exinokokkozini konservativ davolash imkoniyatlari. Kasallik bosqichi va shakllariga bog‘liq xolda xirurgik davolash taktikasi (ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, operativ amaliyot turlari). Bemorni operatsiyadan keyin olib borish prinsiplari. Jigar o‘smalari: xavfli va xavfsiz o‘smalar epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, diagnostik kriteriylari.

Xirurgik davolashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Jigar tipik va atipik rezeksiyalari. Operatsiyadan oldin tayyorlashning o‘ziga xosligi. Operatsiyadan keyin olib borish. Xavfli fermentli gepatozlar. Etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik kechishining o‘ziga xosligi, diagnostik kriteriylari, davolanishi. Jigar sirrozlari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi, klassifikatsiyasi, konservativ va xirurgik davolash, jigar regeneratsiya muammolari.

Portal gipertenziya sindromi: klassifikatsiyasi, klinikasi, diagnostikasi, konservativ davo usullari. Qizilo‘ngach venalari varikoz kengayishi, qon ketganda davolash va profilaktikasi. Portal gipertenziyani davolashning endoskopik va rentgenendovaskulyar usullari. Portal gipertenziya sindromini xirurgik davolash. Portokoval anastomozlar turlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Assit patogenezi, davolash usullari. Jigar transplantatsiyasi: muammoli xolati, perspektivlar, ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, donorlik muammolari, usullari va turlari, xirurgik texnikasi.

Tashqi o‘t yo‘llari patologiyasi. O‘t-tosh kasalligi etiopatogenezi, klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davolanishi. Xolesistitlar: klassifikatsiyasi, etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi, davolash taktikasi. Xolesistektomiya usullari, xatoliklar, xavflar. O‘t chiqaruv yo‘llari diskeneziyasi: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, tashxisi, davolash taktikasi. O‘t pufagi o‘smalari, tashqi o‘t yo‘llari anomaliyasi klinikasi, tashxislanishi, davolash taktikasi. Sariklik tasnifi, klinikasi, tashxislash va qiyosiy tashxislash. Mexanik sariqlikni davolash usullari. Postxolesistektomik sindrom epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tasnifi. Postxolesistektomik sindromga kiruvchi aloxida kasallikning klinik namoyon bo‘lishi, tashxisi, davolash taktikasi.

Oshqozon osti bezi va taloq patologiyasi.

Oshqozon osti bezi kista va o‘smalari klinikasi, tashxislash koidalari, davolash taktikasi. O‘tkir va surunkali pankreatit epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik simptomlari, tashxislash kriteriylari, davolash taktikasi. Oshqozon osti bezi raki; etiologiyasi, patogenezi, shakllariga bog‘liq ravishda klinik kuzatilishi, tashxislash, davolash taktikasi va profilaktikasi. O‘tkir va surunkali xolesistitlar, toshsiz xolesistitlar. O‘t-tosh kasalliklari: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, asoratlari, tashxisi, davolash, profilaktikasi. Xolesistektomiya, XDA, XEA, jigar rezeksiyasi, pankreatoduodenal rezeksiyasidan keyin ovqatlanish tartibi. Oshqozon rezeksiyasi asoratlari, xolesistektomiya, XDA, peritonit bulgan bemorlarni ovqatlantirish. Parenteral ovqatlantirish muammolari.

O‘t chiqaruv yo‘llari diskineziyasi: etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, tashxisi, davolash taktikasi. Postxolesistektomik sindrom: epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi, tasnifi, Postxolesistektomik sindromga kiruvchi aloxida kasallikning klinik namoyon bo‘lishi, tashxisi, davolash taktikasi. Xirurgik qon kasalliklari. Taloq patologiyasi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin