Andijon davlat tibbiyot instituti «kelishildi»


Neyroxirurgiyada qo‘llaniladigan operativ usullari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə140/231
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#47866
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   231
Даволаш-АДТИ Магистратура имтиҳон дастури 2021

Neyroxirurgiyada qo‘llaniladigan operativ usullari

Miyani bosh yarimsharlari va bosh suyak orka chuqurchasida joylashgan miyacha, IV qorincha, miya o‘zagi, ko‘prik-miyacha burchagi jarroxligining umumiy asosiy prinsiplari. Rezeksion va suyak-plastik treponatsiyasiga ko‘rsatma. Chakka osti dekompressiv treponatsiya. Kraniotserebral topografiya (Kronleyn va Yegorov sxemasi). Miyani peshona, tepa, chakka, ensa bo‘laklariga borish usullari, bosh suyakni oldingi, o‘rta va orqa chukurchasi trepanatsiyasi. Transtentorial usul. Kichik invaziv, endovaskulyar va endoskopik operatsiyalar.

Spinal patologiyadagi jarroxlik usullari va ularni umumiy prinsiplari. Lyaminektomiya, gemilyaminektomiya. Umurtqa pog‘onasida qo‘llaniladigan stabillashtirish va nostabillashtirish operatsiyalari (o‘siklararo, ravoqlararo, spondilodez, interpedinkulyar tayanch, endoskopik jarroxlik va boshqalar). Ketgutli oldingi spondilodez. Disk churrasida qo‘llaniladigan interlyaminar va perkutan diskektomiya. Umurtqalar jarohatidagi qo‘llaniladigan oldinga va orqa dekompressiya, suyak transverektomiya. Umurtqalar chiqishida qo‘llaniladigan bir momentli yopik va ochiq tug‘irlash va tortish. Oksipitospondilodez, atlantoepistrofeal artodez. Auto yoki allotransplantant yordamida maxkamlash (fiksatsiya). Oldingi transfaringeal dekompressiya. Monro tuzilmasi yordamida siydik pufagini tozalash.

Periferik nervlarida qo‘llaniladigan jarroxlik usullarini umumiy prinsiplari: nevroliz, nerv choki, plastik usullar. Og‘rik jarroxligida nerv, qon tomir va simpatik tuzilmalarida nevroliz, periarterial simpatektomiya, II ko‘krak va II bel tugunchalarini yuqori ko‘krak va qorin pardasidan tashqari simpatektomiyasini o‘tkazish. Uchlamchi nerv nevralgiyasida bosh suyak ichida yoki tashqarisida qo‘llaniladigan jarroxlik usullari: V miya nervini alkogolizatsiyasi, elektrokoagulyatsiyasi, gasserov tugunining sezgi tarmog‘ini kesish, xordotomiya, komissurotomiya, talamotomiya va lobotomiya.

Bosh miya qon tomirlarda qo‘llaniladigan jarroxlik usullarining umumiy prinsiplari: ekstra- va intrakranial yo‘li. Uyqu arteriyasini bog‘lash. Endovaskulyar operatsiya – ballon-kateter, arterio-venoz anevrizma embolizatsiyasi, tashqi-ichki arterial anevrizma anastomozi.

Gidrotsefaliyada qo‘llaniladigan jarroxlik usullari: DDA, VPS, VAS, lyumboperitoneal, shuntlash operatsiyalari, VSS. Torkildsen operatsiyasi, xiazma usti orqali oxirgi plastinkasini Stukkey va Skaf usulida teshish.

Kraniostenozda qo‘llaniladigan jarroxlik usullari: Arendt usulida ikki-laxatli kraniotomiya. Operatsiya Lane, Vanke, King, Bauer. Bosh va orqa miya churrasida qo‘llaniladigan jarroxlik usullari: intra- va ekstrakranial operatsiyalari. Orqa miya churrasini klassik usuli bilan olib tashlash.

Stereotaksis operatsiyalar va ularni parkinsonizm, torsion mushak distoniyasida, DSP, atetoz, xoreya, epilepsiya, spastik qiyshik buyin kasalliklarida qo‘llash.

Abssess, exinokokk, kista, parazitar kasalliklarda qo‘llaniladigan operatsiya usullari. Abssessni kapsula bilan olib tashlash va punksion usulda davolash.

Bosh suyak va miya jarohati



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin