25
topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning
erkinliklarini cheklaydi: ta’lim olishda, ishda,
malakasini oshirishda, o‘zining qobiliyatlarini
amalga oshirishda. Bola ko‘rmaslik afsuski faqatgina mavjud bo‘lmay, ular bolaga ega bo‘lish
yoshidagi er-xotinlar
orasida keng tarqalmoqda, bu evropa davlatlari uchun xosdir. Oila
kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo‘lmoqda: tug‘ilishning kamayishi, yosh
oilalarning ota-onalaridan
ajralib chiqishlari, ajralishlarning o‘sib borishi natijasida bir ota yoki
onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog‘lig‘i sifati va mamlakatda sog‘liqni
saqlash
rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon ekologik sharoit, axloqsiz hayot
kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli yoshi katta aholining 10-15%
sog‘lig‘i holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas.
Iqtisodiy va xo‘jalik-turmush vazifalari
Azaldan oilasi har doim jamiyatning xo‘jalik boshlang‘ich tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov
qilish va don etishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har
doim vazifalar taqsimlangan
bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Azaldan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar,
erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyusiya asriga kelib odamlar hayoti
yumushlarining ko‘plari (ovqat tayyorlashq Kir yuvish,
uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar)
qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi. Iqtisodiy vazifasi oila a’zolari uchun boylik to‘plash
bilan bog‘liq bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin,
avlodlarga qoldiriladigan
buyumlar, to‘yga, voyaga etish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning
jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar oilaning mol-mulk to‘plash,
xususiy mulkka ega bo‘lish,
turar joyini xususiylashtirish, meros qilib qoldirish va shu kabi
masalalardagi iqtisodiy vazifasi yana faollashib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: