ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi iqtisodiy qonunda
o‘z ifodasini topadi
. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o‘sib
borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o‘rniga
yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni ishlab
chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks
ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi
yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan
ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi.
Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro
xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, kompyuter bir mamlakatda paydo bo‘lib, tez
orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani
sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo,
baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
.
Iqtisodiy resurslar
deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma,
oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, tovar ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol
jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va
manbalar tushuniladi.
Tabiiy resurslar (er, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi
kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar,
inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari
8
va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish
omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi,
tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar,
tovar va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma
odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni
darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto
eng ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga
duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir
korxona, mamlakat o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli
bo‘lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni
birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan
dastlabki paytda respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft
qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga
majbur bo‘ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab,
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda
boshqa sohalarga ajratiladigan mablag‘larni obyektiv ravishda nisbatan
kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni
qondirishning muhim yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab
qo‘yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi
texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish
imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar
va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini
oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar
manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, yerning chuqur
9
qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va
h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |